So’nggi yangiliklar

08:51Ҳусанов рамзий термадан жой олди  0 08:23Пролига. Бугун турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  0 07:55"Ал Аҳли" бош мураббийи: Биринчи бўлимда яхши ўйнашимизга тўсқинлик қилган сабаблар кўп"   4 07:28Sofascore. Аламли тарзда мағлуб бўлган "Насаф" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди?  7 07:25Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф" 4:2  0 02:42Ҳусайн Норчаев: "Вазият қизил карточкага тортмас эди"  13 02:16Рўзиқул Бердиев: "Дарвозабонимиз олдинга чиқиши хато бўлди, лекин чиққанга яраша тўғри ўйнаши керак эди"  31 01:52Туркия. Алиқулов 90+2 дақиқада жароҳат туфайли алмаштирилди, унинг жамоаси ғалабага эришди  1 01:40Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" суперкамбэк эвазига ўз майдонида "Насаф"ни мағлуб этди  418 00:57"Реал" футболчилари ҳакамлар уларга бошқа етакчиларга нисбатан қаттиққўлроқ муносабатда бўлишаяти, деб ҳисоблашмоқда  5 00:05Куанишбай Оразимбетов: "Иккинчи таймда умуман бошқа "Жайхун"ни кўрдик"  0 23:40ОФК ЭЧЛ. "Ал Иттиҳод" БААда мағлубиятга учради  0 22:22Шавкат Юсупов: "Шу темпда давом этишга ҳаракат қиламиз"  1 21:02ОФК ЭЧЛ. Турнир янги мавсумининг илк баҳсида 7та гол урилди  1 19:59Мессининг карточкаси рекорд даражадаги суммага сотилди  9

Bugun futbol. "Bunyodkor" - "Qo'qon-1912" Yangiliklar

Bugun futbol. "Bunyodkor" - "Qo'qon-1912"

Ikki yarim oylik tanaffusdan so'ng bugun Coca Cola Superligasining 4-tur bahslariga start beriladi.

"Bunyodkor" o'z maydonida "Qo'qon-1912"ni qabul qiladi. Turnir jadvalida har ikki jamoa 6 ochkodan to'plagan holda deyarli yonma-yon o'rinlarda boryapti. Qizig'i shundaki, shu paytgacha "Bunyodkor" ham, "Qo'qon-1912" ham ikkitadan g'alaba qozonib, bir martadan mag'lubiyatga uchragan.

"Bunyodkor" mavsumni ketma-ket ikkita g'alaba bilan boshladi. Vadim Abramov shogirdlari dastlab safarda "Surxon"ni 3:1 hisobida mag'lub etib qaytishdi, so'ngra uyda "Mashal" 1:0 hisobida mag'lub etildi. Va oxirgi turda jamoa Olmaliqqa safar qilib AGMKga 0:2 hisobida yutqazib qo'ydi.

Yil boshida Baxtiyor Ashurmatov qabul qilib olgan "Qo'qon-1912" Superligani o'z maydonida boshlab "Buxoro" ustidan yirik 3:0 hisobida zafar quchdi. Keyingi turda "Metallurg" mehmoni bo'lgan qo'qonliklar 0:1 hisobida mag'lubiyatga uchrab qaytishdi va o'tgan tur yana o'z uylarida g'alabani nishonlashdi. Bu safar "Qo'qon-1912" "So'g'diyona"dan 2:1 hisobida ustun keldi. 

Bugungi o'yin oldindan imkoniyatlarni qanday baholash mumkin? Albatta, "Bunyodkor" mezbon, lekin karantindan keyin ko'pchilik barcha jamoalarning holati bir xil ekanligi haqida gapirmoqda. SHundan kelib chiqib imkoniyatlarni 50/50 desa bo'ladi. Fakt shuki, Ashurmatov Qo'qonda kurashdan qaytmaydigan jamoani shakllantirishga harakat qilyapti. Abramovda esa tajriba katta va futbolchilarni muhim bahslarga tayyorlashni biladi.

P/S. Soat 19:00da boshlanadigan o'yinni "Sport" telekanali orqali to'g'ridan to'g'ri kuzatishingiz mumkin.

Bunyodkor

Superliga. 4-tur

13/06/2020, 19:00

0
:
1
Tugadi

Qo’qon-1912

Boburjon Akbarov - 86'

45'
90'
59'  Selim Nurmuradov (Shahboz Erkinov)
59'  Humoyun Murtozaev (Farrux Ikromov)
90'  ZHasur ZHaloliddinov (Abdulla Abdullaev)
36'  Avazxon Mamatxo’jaev
60'  Shohnazar Norbekov
69'  Filip Rayevac (YAkuba Bamba)
85'  Ivan Yosovich
86'  Boburjon Akbarov
90'  Shohnazar Norbekov (Otabek Haydarov)
90'  Avazxon Mamatxo’jaev (Hamidullo Abduhamidov)

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика