So’nggi yangiliklar

20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  4 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  3 18:55Испания терма жамоаси бош мураббийи: "Ле Норман – Европанинг энг яхши ҳимоячиларидан бири"  1 18:24"Бавария" 14 ёшли Ямаль билан шартнома имзоламоқчи бўлган  2 17:56"Челси"га Англия футбол ассоциацияси томонидан 74 та айблов қўйилди  1 17:22Вадим Абрамов: "Андижон" Азмиддинов қизил карточка олгани учун биз билан ҳозир ўйнашга рози бўлмади"  16 16:52ЖЧ-2026 фаворитлари айтилди. Ўзбекистон қайси ўринда?  26 16:24Франция терма жамоаси собиқ дарвозабони фаолиятини якунлади  1 15:556 минг сиғимли стадион "Барса" – "Валенсия" учрашувини қабул қилади. Ла Лига рози  2 15:28"Реал" собиқ футболчиси Гонконгга кўчиб ўтди  0 14:54АПЛ топ-клублари "Барселона" вундеркиндини сотиб олмоқчи  5 14:27Чемпионлар Лигаси 2026/27 йилги мавсум финали Мадридда ўтказилиши мумкин  4 14:05Суперлига. "Насаф" — "Бухоро" 5:0  1

Bugun Andijonda katta futbol! Yangiliklar

Bugun Andijonda katta futbol!

Teglar :  Andijon
Haqiqiy shiddatga boy va jangavor futbol ko'rishni istaysizmi? U xolda sizni bugun Andijon shahridagi “Sog'lom avlod” stadioniga taklif etib qolamiz.

Malumki, mamlakatimizda muxtaram prezidentimiz tashabbusi bilan millionlar o'yini bo'lmish futbolga bo'lgan etibor yanada ortdi. Xususan, Andijon viloyati xokimi SHuhratbek Abdurahmonov viloyatda futbolga katta etibor qaratmoqda.

SHaxsan SHuhratbek Qo'shaqbaevichning tashabbusi bilan Andijon vidloyatida ilk bor o'z mahalla o'ramida yashovchi 18 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan uyushmagan yoshlar o'rtasida futbol bo'yicha «Viloyat xokimi Kubogi» musobaqasi o'tkazilmoqda. Musobaqaning shahar va tuman bosqichlari yakuniga etdi. Endigi navbat final uchrashuviga. Unda Andijon shahrining “Bunyodkor” va Andijon tumanining “Joxonobod” mahalla jamoalari o'zaro g'oliblik uchun kurash olib boradi.
SHiddatga boy va jangavor ruhda kechishi kutilayotgan final uchrashuvi oldidan “Sog'lom avlod” stadionida soat 18:00dan boshlab, koncert dasturi start oladi. Unda viloyatimizning bir qator taniqli xonandalari o'zining diltortar qo'shiqlari bilan stadionga tashrif buyurganlarga xush kayfiyat ulashadi. Stadionga kirish bepul. Musobaqa ishtirokchilari ko'plab qimmatbaho va estalik sovg'alar bilan taqdirlanadi.
Aytgancha final uchrashuvini Superliga hakamlari: Temur To'xtasinov, Anvar Marajabov, Ziyodullo Abdurahmonov boshqarib boradigan bo'ldi.

SHuningdek mazkur final uchrashuviga Andijon viloyati hokimi SH.Abdurahmonovning shaxsan o'zi tashrif buyurib, sovrindorlarni taqdirlaydi.  

SHunday ekan futbol ishqibozlarini final uchrashuviga chorlaymiz!


Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика