So’nggi yangiliklar

13:05"Бунёдкор" академияси раҳбари билан очиқ-ойдин суҳбат  0 12:49Кутилмаган бурилиш: Гвардиола Европа терма жамоасига мураббийлик қиладими?  3 12:26Левандовски фаолиятини Италияда давом эттириши мумкин  2 11:58"Реал" кутилмаган трансферга тайёрланмоқда  5 11:20Ўйин давомида биттагина зарба. У "Сити" "Арсенал"дан 9 очко ортда қолиб кетишига етарли бўлди  1 10:55"Барселона" президентлигига қайта сайланган Лапорта нималар деди?  1 10:27Африка қитъасида дунёдаги энг катта стадион қурилмоқда  5 09:50МЮ раҳбари Майкл Кэррикни доимий бош мураббий қилмоқчи эмас  15 09:21Расман. Бразилиялик футболчи "Каттақўрғон" аъзоси  2 08:52"Сурхон"ни янги бош мураббийи ким бўлиши маълум  2 08:23Исломбек Исмоилов тарихга кирди  8 07:54"Барселона" президентлик сайловлари натижаларини эълон қилди  10 07:30"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди  64 02:42А Серия. "Комо" "Рома"ни мағлуб этди, "Милан" эса муҳим ўйинда мағлубиятга учради  6 01:52Иброҳимҳалил Йўлдошев: "Кучли жамоа ютди. Янги мураббий келди ва тактикамиз ўзгарди"  9

"Navbahor" muxlislari bilan doim faxrlanaman" - Azim Ahmedov Yangiliklar

"Navbahor" muxlislari bilan doim faxrlanaman" - Azim Ahmedov

Superliganing joriy yildagi eng yaxshi o'yinlaridan biri kecha Olmaliqda o'tdi.

CHempionlik uchun davogarlik qilayotgan ikki klub AGMK va "Navbahor" jamoalari Superliganing 13-turida o'zaro to'qnash keldi. Qiziqarli va shiddatli o'tgan uchrashuvda omad namanganliklarga qulib boqdi (1:2). Bahs yakunlangach jamoa etakchisi Azim Ahmedovning fikrlari bilan qiziqdik. 

OKMK

Shohruh Gadoyev - 48'

Superliga. 13-tur

01/07/2022, 20:00

2
:
1
Tugadi

Navbahor

Jamshid Iskanderov - 11', Zoran Marushich - 82'

45'
90'
31'  Abdulla Abdullaev
48'  Shohruh Gadoyev
83'  Sanjar Tursunov (Alisher Jalilov)
83'  Siyavash Haqnazariy (Mirjamol Qosimov)
83'  Shohruh Gadoyev (Nodir Abdurazzoqov)
87'  Akrom Komilov (Ahmadillo Muqumjonov)
87'  Martin Boake (Aleksandr Kasyan)
11'  Jamshid Iskanderov
38'  Boyan Siger
46'  Andrey Sidorov (Zoran Marushich)
64'  Boyan Siger (Stanislav Andreyev)
64'  Nurillo To'xtasinov (Azim Ahmedov)
68'  Asadbek Sobirzhonov (Ehsoni Panshanbe)
82'  Zoran Marushich

- AGMK bilan o'yin turning markaziy to'qnashuvi hisoblanardi. Jamoalar turnir jadvalida yonma-yon ketayotgandi. O'yin surati esa yuqoridagi omillarga mos bo'ldi. SHunday ekan taassurotlar qanday bo'ldi?

- G'alaba bilan tabriklagan barchaga rahmat aytaman. G'alaba ikki jamoaga ham suv va havodek zarur edi. G'alaba bilan muxlislarni xursand qilishni maqsad qilgandik. 

- "Navbahor"ning birinchi davradagi eng yaxshi o'yinimi? Qaysidir manoda raqib ham ochiq futbol taklif qilgani bunga sabab bo'lgandir...

- Bunday o'yinlarda birinchi marotaba emas, avval ham ishtirok etganmiz. Yigitlarning ko'zi yonib turgan, shijoati bor edi. Qanday bo'lmasini yutishimiz kerakligini his qilib turgandik. Hammasi o'z qo'limizda. Oxirigacha kurashamiz. Umuman bu yil kutilmagan natijalar ko'p kuzatilmoqda. Kuchsiz jamoa yo'q. 

- Jamoaning o'yinida ham, natijasida ham bu yil o'sish bor...

- To'g'ri aytdingiz. Futbolchilar bir oila bo'lib jipslashgan. Murabbiyning talablarini bajaryapmiz. 

- Uchrashuv yakunlangach g'alabani muxlislar bilan nishonladingiz. Azim Ahmedov "Navbahor" libosidagi so'nggi o'yinini o'tkazdimi? 

- Ijtimoiy tarmoqlarda turli gaplarni eshityapman. Men haqimda namanganlik muxlislar fikrlar bildirishmoqda. Ularga kecha futbolkamni sovg'a qildim. "Navbahor" muxlislari bilan doim faxrlanaman. Kechagi ajoyib g'alabani jo'shqin hissiyotlar ostida birga nishonladik. Ishqibozlarga kelib qo'llab-quvvatlagani uchun rahmat aytaman. Ketishimga kelsak, bu masalani hali gaplashganim yo'q. O'yinlar yakunlangach murabbiy va rahbariyat bilan xotirjam gaplashib kelishib olamiz, degan umiddaman.  

- "Metallurg", "Qizilqum" jamoalari sizga qiziqish bildirayotgani haqida eshitdik, ehtimoliy o'tadigan jamoangiz shularmi?

- Sir bo'p qola qolsin. Hozirda "Navbahor" bilan shartnomam bor. 

Reyting: -9   
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика