Bu dahshat! APL hakami giyohvand bo'lishi mumkin
15 noy 2024 20:49
Yangiliklar
Bu dahshat! APL hakami giyohvand bo'lishi mumkin
42 yoshli mahalliy hakam Angliya Liga Kubogi doirasida "Tottenxem" - "Manchester Siti" (2:1) bahsida zaxira hakami sifatida ishlagan.
"The Sun" xabariga ko'ra, 31 oktyabr kuni soat 19:38da, yani, bahsi startiga 37 daqiqa qolganida Travelodge tizimi orqali mehmonxona buyurtma qilgan va 20:04da, yani, bahsi startiga 11 daqiqa qolganida bu haqda do'stiga malum qilgan. Bahs tanaffusida esa: "Tayyorlanyapsan degan umiddaman", deb xabar yozgan.
O'yinni televizor orqali tomosha qilib borgan hakamning do'sti esa shunday deydi: "O'yin kunida u menga juda ko'p marta bahs yakunlanganidan keyin bazm o'tkazishni istayotganini yozdi. O'yin boshlanishiga 11 daqiqa qolganida bildirishnomani menga ham jo'natdi. Tanaffusda ham buni yozgani men uchun kutilmagan holat bo'ldi. U o'yinga emas, etiborini giyohvand modda bazmiga qaratgandi. U bilan ko'rishgim kelmadi va bormasligimni aytib qo'ydim. U bundan g'azab otiga mindi va mehmonxona broni kompensaciyasi uchun 74 funt to'lashim kerakligini talab qildi".
Qayd etish kerak, Kut 27 oktyabr kuni "Vest Xem" - "Manchester Yunayted" o'yinida ham ishlagan va so'nggi daqiqada mankunianliklar darvozasiga penalti belgilagandi. Bu esa keyinchalik rasmiy ravishda xato bo'lganligi tan olindi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar