So’nggi yangiliklar

19:17АПЛ. "Арсенал" ўз уйида "Ноттингем Форест"ни йирик ҳисобда таслим этди, Субимендидан дубль!  15 19:00Суперлига. "Пахтакор" – "Нефтчи" (матнли трансляция)  35 18:41"Реал Сосьедад" — "Реал Мадрид". Таркиблар маълум  7 18:00"Қўқон-1912" — "Қизилқум" 2:1 (матнли трансляция)  8 16:57Пепе Ла Лигада ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Вильярреал" форварди Ямал ва Мбаппени ортда қолдирди  0 16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  2 15:19ЎзЭл Классикосига превью  15 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  6 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  1 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  2 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  1 11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  6 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  15

Brunu Fernandeshning faoliyati Italiyada boshlangandi Yangiliklar

Brunu Fernandeshning faoliyati Italiyada boshlangandi

Evropadagi faoliyatni boshlash - Brunu Fernandeshning hayotidagi eng qiyin davrlar bo'ldi.

Brunu 2012 yilda puldan juda katta etishmovchiligi bo'lganini, "Novara"da pul doimo kechikishini aytib o'tgandi. ayrim paytlarda Fernandesh 4 oyni 53 evro bilan o'tkazgan paytlar ham bo'lgan. Bu bizning pulga taxminan 200 ming so'mga to'g'ri keladi.

"Bu pullarni oyim har ehtimolga qarshi, maoshimiz kechiksa, nimadir sotib olishim uchun bergandi. Va men o'shanda maosh salkam yarim yilga kechikishini bilmagandim. Yaxshi hamki, bazada bizga ovqat berishardi".

"Novara"dagi bir mavsumdan keyin u "Udineze"ga o'tdi. Yosh portugaliyalik (o'shanda u 19 yoshda edi) jamoaning qariya va afsonasi - Antonio Di Natale bilan do'stlashib oldi.

"Manchester Yunayted"ning fevral oyidagi eng yaxshi futbolchisi malum qilindi 

"Brunu Fernandesh meni aqldan ozdiryapti. U yosh va mendan ko'ra yuqori texnikaga ega. Uning oyoqlari baquvvat va o'yin davomida maromdan chiqib ketmaydi", - deb eslaydi Antonio.

Brunu yaqinda ko'p narsalarni Di Nataledan o'rganganini tan olgandi: to'g'ri zarba berish texnikasi, tanani ushlash balansi, ochilish amaliyoti... "Rahmat ustoz! U mening rivojlanishimga katta sabab bo'lgan", - u "Udineze"dan ketayotganida shunday degandi.

Italiyada u ko'p narsalarni o'rgandi va izlandi. Mana bu uning Italiyadagi ilk jamoasi "Novara" murabbiyidan ajoyib syujet:

"Uning uyi detektivlarning ofisiga o'xshardi - hamma joyga stikerlar ilib tashlangandi. Birinchi ko'rganimda ajablandim va keyin qarasam stolga "Tavolo" yozuvli stikerga ko'zim tushdi, kresloda "Sedia", muzlatgichda esa "Frigo".

Bu italyanchani o'rganishning ajoyib yo'li. Tez orada u bizning tilda gapirishni ham o'rganib oldi".

Brunu Fernandesh - APLning fevral oyidagi eng yaxshi futbolchisi 

Brunu xato qilmaydigan texnikaga o'xshardi va o'z o'yin uslubini yaratishni istardi. "Sporting"ga o'tganidan keyin har bir uchrashuvdan keyin o'z o'yinlarini ko'rishni boshladi. Fernandesh juda kech boshlanadigan bahslarda ishtirok etar va uyga tungi 3-4larda kelardi va uyqu oldidan o'z o'yinini taxlil qilardi. Ana shunday qadamlar orqali u "Manchester Yunayted"ga etib keldi.

SHunday futbolchi oyning eng yaxshi futbolchisi bo'lgani esa ajablanarli emas.

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика