So’nggi yangiliklar

15:43"Арсенал" — "Ноттингем Форест". Таркиблар маълум  0 15:19ЎзЭл Классикосига превью  5 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  3 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  0 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  2 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  1 11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  6 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  14 10:35Артета: "Ливерпуль" кучайиб кетди"  5 10:09Шухрат Раҳмонқулов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида биринчи гол урган ғалаба қозонади"  2 09:46Постекоглу: "Тоттенхэм"дан кетишим кутилмаган ҳолат бўлмади"  2 09:21Зоҳир Пиримов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида имкониятлар тенг"  3 09:20Легионерлар. Ғаниев тўлиқ ўйнади, Ҳамробеков эса...  2

Brunu Fernandesh: “Pep mening hurmatimga arziydigan inson” Yangiliklar

Brunu Fernandesh: “Pep mening hurmatimga arziydigan inson”

Angliya Premer-ligasi doirasidagi Manchester derbisida “qizil iblislar”ning qo'li baland kelganidan xabaringiz bor (2:0).

Uchrashuvdan so'ng, mankuniyaliklar futbolchisi Bruno Fernandesh Pep Gvardiolaning unga bo'lgan sovuq munosabati haqida fikr bildirdi.

“O'sha payti Gvardiola yaxshi ish qilmadi deb o'ylayman. Maydon chetida aytgan gaplari haqiqiy professionallarga xos ish emasdi. Men buni do'stlarim bilan ham muhokama qildim. U menga to'pni uloqtirdi va hurmatsizlik ko'rsatdi. Men esa unga ovozingni o'chir deb aytdim. Lekin hozir maydondan tashqarida turib xato ish qilganimni anglayapman, o'shanda asabiy holatda edim. Qaytadan bu ishni qilmagan bo'lardim. 

Haqiqatan ham, Pep hurmatimga loyiq inson. Uning erishgan yutuqlarini rad etib bo'lmaydi. U zamonaviy futbolga yangicha uslub olib kira oldi. Lekin o'sha payti qizishib ketgandim. Hozir esa barchasi o'tib ketdi va yana avvalgidek munosabatdamiz”, - deydi portugaliyalik futbolchi.

Eslatib o'tamiz, Fernandesh “Manchester Yunayted”ga yanvarda kelib qo'shilgan va 5ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика