Brunu Fernandesh: "Bir oy oldin hamma o'zini o'ylayotgandi"
15 jan 2023 16:36
Yangiliklar
Brunu Fernandesh: "Bir oy oldin hamma o'zini o'ylayotgandi"
"Manchester Yunayted" futbolchisi Brunu Fernandesh so'nggi oylardagi o'zgarishlar haqida gapirdi.
Kecha Erik ten Xag boshchiligidagi jamoa derbida g'alabaga erishib, turnir jadvalida 3-o'ringa ko'tarilib oldi.
"Endi biz jamoa sifatida ko'rinishni boshladik. Bir necha oylar oldin barcha o'zini o'ylayotganini ko'rish mumkin edi. Hozir esa bu jamoaga aylandi, hamma bir-biri uchun mehnat qilmoqda.
Navbatdagi bahsga tayyorlanamiz. Turnir jadvalida raqobatchilarga anchagina yaqinlashib oldik. Agarda g'alabalarni davom ettirmasak, ularni yana qo'yib yuboramiz.
Hozir esa g'alabani nishonlaymiz, derbida muhim ochkolarni qo'lga kiritdik. Endi "Kristal Pelas" haqida o'ylaymiz", - dedi Fernandesh.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar