So’nggi yangiliklar

23:54БАА Про лигаси. "Бани Яс" меҳмонда "Ал Васл"га мағлуб бўлди, Мозговой 73 дақиқада ўйнади  1 23:47Бельгия Про лигаси. "Антверпен" меҳмонда дуранг ўйнади, Ўринбоев захирада қолдирилди  0 23:38"Милан" — "Бари". Таркиблар маълум  0 23:25"Эспаньол" — "Атлетико". Таркиблар маълум  1 23:03"Нант" — ПСЖ. Таркиблар маълум  1 22:42Максим Шацких: "Менимча, айрим футболчиларимиз ҳали ҳамон фикри ҳаёли билан Про Лигада"  13 22:35Суперлига. “Қўқон-1912” — “Сурхон” 2:0  0 22:32"Истанбул Башакшехир" — "Кайсериспор". Таркиблар маълум  6 22:26АПЛ. "Манчестер Юнайтед" илк турда ўз майдонида "Арсенал"га мағлуб бўлди  32 22:13Суперлига. "Бунёдкор" сўнгги сонияларда урилган гол эвазига "Бухоро"ни мағлуб этди  12 22:08Отабек Нарзуллаев: "Андижон"га қарши ҳужум тактикада ўйнамасак бўлмасди"  0 21:43Таҳлил. "Қўқон-1912" уйғоняптими?  1 21:32Баҳром Ҳайдаров: "Тезкор голдан сўнг хато қилишга қўрқиб ўйнадик"  0 21:01Февзи Давлетов: "Бунёдкор" билан ўйинда кўп энергия йўқотдик, "Қўқон-1912"да тикланиш учун кўпроқ вақт бўлди"  1 21:00Суперлига. "Андижон" сафарда "Машъал"га ютқазди  70

Breaking: PFLga yangi rahbar tayinlandi Yangiliklar

Breaking: PFLga yangi rahbar tayinlandi

PFL bosh direktori Omon G'ofurov ishdan bo'shatilgani sababli, O'FA Birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov mazkur tashkilotga yangi rahbar tayinladi.

Unga ko'ra, PFL bosh direktori lavozimiga "Bunyodkor" klubi sport direktori Davron SHoqurbonov tayinlandi. Bu haqda bir necha kun oldin saytimizda xabar bergandik.

2017 yilning oktyabr oyidan boshlab ishlab kelgan Omon G'ofurov rahbarligi davrida chempionatda reglamentlar buzilishi avj oldi. Dastlab 2017 yilgi mavsumda Oliy liganing reglamenti buzib tashlanib, xattoki chempionatda 7-o'rinni olgan "Mashal" ham yangi Superligadan badarg'a qilingandi. Keyinchalik yangi rahbariyat tarafidan joriy qilingan 2018 yilgi Superliga reglamenti ham mavsum yakunida o'z kuchini yo'qotdi va 12talik chempionat bu yildan etiboran 14ta jamoa qatnashadigan chempionatga o'zgartirildi.

Yani, Omon G'ofurov boshchilik qilgan tashkilot o'tkazgan chempionat dastlab 16talik Oliy ligadan 12talik Superligaga, keyinchalik esa 14talik ishtirokchi qatnashadigan chempionatga o'zgartirildi. Yani, oxirgi 3 mavsum uch xil ko'rinishda o'tgan va reglamentlar buzib tashlangan chempionat sifatida tarixga kirdi.

Kuni kecha Vadim Abramov ham endilikda sobiq PFL rahbari davrida joriy qilingan g'alati qarorlardan biri, yani murabbiylar o'yin vaqtida kostyum-shim va galstukda bo'lishi kerakligini tanqid ostiga olib, buni murabbiylarning ustidan kulishga tenglashtirdi va endilikda bu mantiqsiz qaror futbol odamlari tomonidan bekor qilinishiga umid bog'ladi.

Reyting: +52   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика