So’nggi yangiliklar

14:19Тебас: "ЛаЛига ва АПЛ ФИФАни судга бермоқчи"  2 13:46Балотелли: "А Серияни "ёриб" ташлайман"  4 13:13"Барселона" ФИФАдан 6,3 млн. евро олади  2 12:23Антонио Кассано: "Мен ҳеч қачон ичмаганман ва чекмаганман. Фақат битта ёмон одатим бўлган: очкўзлик"  5 12:06"Навбаҳор" собиқ устози: "Тухель Саутгейтдан кўра мосроқ"  3 11:29БАА бош мураббийи: "Ўзбекистонга қарши қийин ўйин кутиб турибди"  15 11:07Биласизми? Ўзбекистон - БАА учрашувини Осиё кубоги финалида 3та пенальти белгилаган ҳакам бошқаради  25 10:41Клоппнинг "Ред Булл"даги ойлиги маълум   0 10:17Лионель Месси Ўзбекистон ёшлари билан кўришди. Муҳаммадали Ўринбоев эса "жек"ни урди   7 10:07"Манчестер Сити" Холандга ўринбосар топди  0 09:35"Арсенал" АПЛнинг икки нафар футболчиси учун 80 миллион фунт сарфлашга тайёр  0 09:03"Барселона" АҚШга кетган собиқ футболчилари учун пул тўлашда давом этади  4 08:31Суперлига. Бугун "Навбаҳор" Самарқандда меҳмон бўлади  10 07:55Ўзбекистон футзал терма жамоаси ЖЧдаги омадсизликлардан сўнг ФИФА рейтингида анча пастга тушиб кетди  16 07:27Про лига. Бугун 20-турнинг қолдирилган баҳси бўлиб ўтади  1

Breaking news: Ronaldu "Yuventus"da! Yangiliklar

Breaking news: Ronaldu "Yuventus"da!

Italiya matbuoti Krishtianu Ronalduni "Yuventus"ga o'tayotganini haqida bir qator xabarlar chop etdi.

Ushbu xabarlarni eng qaynog'i yaqindagina Italiya futbolidagi mashhur mutaxassis, "Yuventus"ning sobiq menejeri Luchano Modji tomonidan yangradi.

Hozirgina "7Gold Sport" kanali orqali italiyalik jurnalistlar Luchano Modjining Ronaldu bugun "Yuventus"da tibbiy ko'rikdan o'tgani haqidagi xabarini jonli efirda elon qilishdi.

Italiyaliklar jurnalistlar Modjiga ko'ra, Ronaldu "Yuventus"da tibbiy ko'rikdan o'tgani va shartnoma imzolagani haqida aytishmoqda.

Hozircha bu borada "Yuventus" va "Real" tarafidan hech qanday rasmiy bayonot berilmadi.

Ammo shuni qayd etish kerakki, Ronalduning "Yuventus" bilan kelishuvga erishgani haqidagi xabarlar Italiya matbuotida kechadan buyon tinmayapti. Italiya futbolidagi eng ishonchli insayderlardan biri hisoblangan Di Marcio ham Ronaldu va "Yuventus" aloqaga kirishgani haqiqat ekanligini tasdiqladi. Unga ko'ra, Krishtianu "Real" rahbariyati bilan shartnomani uzaytirish borasidagi muzokaralarda tortishib qolgan va ketishga qaror qilgan.

Italiya matbuoti tarqatayotgan xabarga ko'ra, Ronalduning transferi 120-150 million evro atrofida baholanmoqda.

Turinda esa futbolchi yiliga 30 million evro maosh olishi ko'zda tutilmoqda.

Italiyaning mashhur nashri "La Gazzetta Dello Sport" Ronalduning "Yuventus"ga o'tayotganini "Ajoyib fikr", deya nomlab "Yuventus"ni olqishlagan!

SHuningdek, bir qator Italiya nashrlari Ronalduni A Seriyaga olib kelmoqchi bo'layotgan "Yuventus" manziliga maqtovli sarlavhalar bilan chiqish qilishmoqda.

Eslatib o'tamiz, kecha matbuotda Ronaldu Turinda uy qidirayotgani haqida xabarlar paydo bo'lgandi.

Luchano Modji, Di Marcio, "La Gazzette Dello Sport", "Tutto Juve" nashrlari asosan ishonchli manba ekanligini inobatga olsak, Ronalduning "Yuventus" kelayotgani tobora haqiqatga o'xshaydi.

"Yuventus" sobiq menejeri Luchano Modji esa kelishuvga amalga oshgani haqida bong urmoqda. Ayni daqiqalarda esa Italiya matbuotida Modji tarqatgan xabar keng muhokama qilinmoqda.

Reyting: +65   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика