So’nggi yangiliklar

17:31"Реал"да катта хавотир: Куртуа "Атлетико"га қарши супердербини ўтказиб юборадими?  0 17:20Расман: Кудряшов жамоадан кетди. "Сурхон"ни вақтинча Анвар Ғофуров бошқаради   0 17:03Энрике "Челси"ни тор-мор этгач лол қолдирди: "Бизнинг иккита голимиз ўйин тақдирини ҳал қилиб бўлганди!"  1 16:55Ўзбекистон Жаҳон чемпионати арафасида Европанинг топ терма жамоасига қарши ўйнаши мумкин  7 16:46Котрина Кулбите: "Тарих яратишга бир қадам қолди"   1 16:26Дик Адвокат "Фейеноорд"да Робин ван Персига маслаҳатчи бўлади  1 16:21Гвардиола "Реал"ни "Манчестер Сити"нинг энг қийин рақиби деб ҳисобламайди  7 15:20Жалолиддин Машарипов: "Узоғи билан 1 ойда умумий гуруҳга қайтаман"  3 13:40ФИФА Эронга умид билдирмоқда  2 13:13Сенегал футбол федерацияси Африка кубоги финалидаги қарорни CASга олиб чиқади  2 12:19"Пахтакор" Суперкубок ҳакамлиги бўйича ОФКга мурожаат қилмоқчи   83 12:01"Хоразм"-"Бунёдкор": устунлик "қалдирғочлар" томонидами?  2 11:12Эксперт фикри. Абдуқаҳҳор Ҳожиакбаров: "Пахтакор"ни ютган "Навбаҳор"да ўзига ишонч юқори"   3 10:28"Реал"дан учралган мағлубиятдан сўнг Гвардиола нималар деди?  43 09:49Артета навбатдаги ғалабадан сўнг ўз фикрларини билдириб ўтди  22

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi chorak final haqida qanday fikrda? Yangiliklar

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi chorak final haqida qanday fikrda?

Braziliya futzal terma jamoasi bosh murabbiyi Xaver Markinos Kosta-Rikaga (5:0) qarshi kechgan nimchorak final bahsidan so'ng saytimizga kichik intervyu berdi.

- O'yin haqida.

- Uchrashuv biz uchun juda muhim edi, sababi  pley-off guruh bosqichidagi uchrashuvlardan biroz farq qiladi. Pley-off bosqichidagi uchrashuvlarga yaxshi kirishib ketishimiz muhim edi. Buyog'iga har bir uchrashuv finaldek o'tishi aniq. Endi musobaqadagi ishtirokingizni davom ettirishingiz mumkin yoki uyga jo'nab ketasiz. Har bir bosqichda chiroyli o'yin namoyish etib, jarayondan rohatlanishimiz kerak. Ruhiy tomonlama xotirjam bo'lish, o'z maqsadlarimizga erishishimizda yordam beradi. Biz bugun ajoyib o'yin o'tkazdik.

- Braziliya terma jamoasi birinchi bo'lib chorak finalga yo'l oldi. CHorak finaldagi bo'lajak raqib Eron yoki Marokash bo'ladi. Keyingi bosqich haqida fikr bildirib o'tsangiz?

- CHorak final bahsida ikki jamoa ham teng o'yin namoyish etishini kutyapman. Ikki jamoada individual mahorati o'ta kuchli futzalchilar yig'ilgan. Bu tomonlama ular bizga ko'p bosh og'riq bo'lishi aniq. Biz himoyada yanada yaxshiroq o'ynashimiz kerak. Faqatgina shu yo'l bizni yarim finalga etaklay oladi.

- Ko'pchilik Braziliyani ushbu Jahon chempionatidagi eng kuchli jamoa deb atamoqda. Ushbu fikrlarga izoh berib o'tsangiz?

- Bu normal holat, sababi biz besh karra Jahon chempionlarimiz. O'zbekistondagi musobaqada ham ushbu natijani takrorlashni maqsad qilganmiz. Bizni favorit deb hisoblashlari bizga har doim bosim o'tkazib kelgan. Insonlar Braziliya terma jamoasining uchrashuvlarini tomosha qilib, futzalchilarning mahorati va ular o'z klublarida etakchi ekanligini ko'rib, shunday xulosaga kelishadi. Ushbu fikrlarga etibor bermasligimiz va o'z maqsadimiz haqida o'ylashimiz kerak. Oyog'imiz erdan uzilgan kuni biz mag'lub bo'lamiz, men buni aniq bilaman.



Abdulvosit Bektemirov suhbatlashdi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика