So’nggi yangiliklar

15:48Манба: Ўзбекистон МТЖнинг CAFA турнири учун эҳтимолий таркиби  0 15:27"Футбол олами". "Нефтчи"да мағлубият, "Андижон"да йирик ғалаба, Самарқандда дуранг  0 15:16Доннарумма ПСЖ билан шартномани бекор қилишга тайёр  1 14:48Эшитдик-да! Ўзбекистон терма жамоасининг CAFA мусобақаси учун таркибини Кападзенинг ўзи йиғади  4 14:28Breaking! Асилбек Жумаевга Европадан қизиқиш бор  10 14:07"Манчестер Сити" етакчиларидан бирига янги шартнома таклиф қилади  0 13:38Неймар футбол тарихидаги энг яхши ярим ҳимоячи кимлигини айтди  4 13:09"Ньюкасл" бош мураббийи Исак билан боғлиқ ҳолатга изоҳ берди  0 12:41"Милан" Яшари трансферини ҳал қилди  0 12:13"Нефтчи" футболчисини четлатиш, "Сурхон" дарвозасига эса пенальти белгилаш керак эди – 16-турдаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  3 11:45ЦСКА Файзуллаев учун тўлиқ тўловни кутмоқда  2 11:14Россия ЖЧ иштирокчиси Иордания терма жамоасига қарши ўртоқлик учрашуви ўтказади  10 10:40Саудия жамоалари МЮ тарбияланчисига 80 миллион евро тўлашга тайёр  2 10:03"Интер" тўпурар ҳужумчи билан шартнома имзолашга яқин  0 09:30Луис Диаснинг "Бавария"га ўтганидан сўнг ойлиги 4 бараварга ошди  6

Branko Ivankovich kechagi savolni esladi va hakamlikdan ochiqchasiga norozi bo'ldi - matbuot anjumani Yangiliklar

Branko Ivankovich kechagi savolni esladi va hakamlikdan ochiqchasiga norozi bo'ldi - matbuot anjumani

OCHL 5-tur doirasidagi "Paxtakor" - "Persepolis" uchrashuvidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar ustozi ishtirok etdi.

Branko Ivankovich: - Kecha eronlik jurnalist hakamlarning ehtimoliy xatolaridan qo'rqmaysizmi deb so'ragandi. Men esa buni shunchaki futboldagi holat sifatida baholagandim. Bugun esa aynan hakamlikdan ko'nglim to'lmadi. Bunga qadar OCHLda 4 o'yin o'tkazdik. Birinchi bahs aynan "Paxtakor" bilan bo'lgandi. O'shanda "Paxtakor" jamoamizga yaqqol offsayddan gol urgandi. Hakam esa hisoblagan. "Al Sadd" bilan o'yinda ham yana offsayddan gol urishdi va bu hisoblandi. Bugun ham jamoamiz foydasiga berilishi kerak bo'lgan yaqqol penalti belgilanmadi. "Paxtakor"ga qarshi o'yinda gol urish uchun 20-25 vaziyat yaratishning iloji yo'q. Har ikkala jamoa bugun yaxshi o'ynadi va keskin harakat qildi. Lekin hakamlar raqibning asosiy futbolchisiga aylandi.


Odatda men hakamlar ishini muhokama qilmayman. Lekin bugungi hakamlik menga yoqmadi. Bu haqiqat. O'tgan yili ham, joriy mavsumda ham OCHLda bizga qarshi hakamlik juda yomon holatda bo'lmoqda. Aynan hakamlarni deb biz kamida 4 ochkodan mahrum bo'ldik. "Persepolis"ni Osiyoda hakamlik buzib tashlamoqda. O'tgan yili Yaponiyada ham bizga qarshi shunday holat yuzaga kelgandi.

"Paxtakor" oson raqib emas. Ularga qarshi ko'plab vaziyatlar yaratishning imkoni yo'q. Jamoa yaxshi himoyalandi, qo'shimchasiga darvozabon "Paxtakor"ni gollardan qutqardi. Bugun aynan u jamoaning qahramoniga aylandi.

Jismoniy holat? To'g'ri, har 4-5 kunda futbol o'ynash og'ir. Lekin men muvaffaqiyatsizlikka buni sabab sifatida ko'rsatmagan bo'lardim. Bugun ham yaxshi o'ynadik aslida.

"Al Sadd" musobaqa favoriti. Ular juda kuchli jamoa. Menimcha, "Al Sadd" bilan birgalikda "Paxtakor" jamoasi pley-off bosqichiga yo'l olishadi.

Reyting: +49   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика