Bo'yi bilan ajralib turadigan Evgeniy Safonov esingizdami, u bugun 43 yoshga to'ldi
06 iyu 2020 09:45
Yangiliklar
Bo'yi bilan ajralib turadigan Evgeniy Safonov esingizdami, u bugun 43 yoshga to'ldi
Evgeniy Safonov - 1977 yilning 6 iyul kuni Toshkent shahrida dunyoga kelgan. Darvozabonlikni tanlagan Jenya 19 yoshida «Do'stlik» jamoasi tarkibida oliy ligada debyut qilgan. Ikki yil davomida poytaxt viloyati jamoasi sharafini himoya qilgan Safonov 1999 yilda Samarqandning «Dinamo»siga ko'chib o'tdi. 2000 yilda esa Rossiyaga yo'l oldi va Yaroslavlning «SHinnik» klubi bilan shartnoma imzoladi. Evgeniy olti mavsum davomida ushbu jamoa sharafini himoya qildi. 2000 yilning 1 noyabr kuni Rossiya birinchi divizionida debyutini nishonlagan. Aynan «SHinnik» tarkibida o'tkazgan yillari uning faoliyatidagi yorqin lahzalar sifatida tarixga muhrlandi, desak mubolag'a bo'lmaydi.

Safonov futbolchilik faoliyati davomida Rossiyaning «Ural», «Ryazan», Qozog'istonning «Megasport» jamoalari safida to'p tepdi. Faoliyatining so'nggi qismida Samarqandning «Dinamo» sharafini himoya qildi. 1999-2006 yillar oralig'ida O'zbekiston milliy terma jamoasi libosida maydonga tushdi.

Fursatdan foydalanib, saytimiz o'quvchilari va xodimlari nomidan Evgeniy Safonovni bugungi tavallud kuni bilan muborakbod etamiz.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" суперкамбэк эвазига ўз майдонида "Насаф"ни мағлуб этди
АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди
"Интер Майами" йирик ҳисобда мағлуб бўлди, Месси эса пеналтидан фойдалана олмади
Рўзиқул Бердиев: "Дарвозабонимиз олдинга чиқиши хато бўлди, лекин чиққанга яраша тўғри ўйнаши керак эди"
Fikrlar