So’nggi yangiliklar

00:57"Реал" футболчилари ҳакамлар уларга бошқа етакчиларга нисбатан қаттиққўлроқ муносабатда бўлишаяти, деб ҳисоблашмоқда  0 00:20Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" суперкамбэк эвазига ўз майдонида "Насаф"ни мағлуб этди  347 00:05Куанишбай Оразимбетов: "Иккинчи таймда умуман бошқа "Жайхун"ни кўрдик"  0 23:40ОФК ЭЧЛ. "Ал Иттиҳод" БААда мағлубиятга учради  0 22:22Шавкат Юсупов: "Шу темпда давом этишга ҳаракат қиламиз"  1 21:02ОФК ЭЧЛ. Турнир янги мавсумининг илк баҳсида 7та гол урилди  1 19:59Мессининг карточкаси рекорд даражадаги суммага сотилди  5 19:34Руни: "Тен Ҳаг Аморимга алмаштирилганидан бери МЮнинг аҳволи фақат ёмонлашди"  11 19:06"Қайрат" "Реал"га қарши ўйин чипталари қачондан сотувга чиқишини маълум қилди  9 18:40"Футбол олами". "Пахтакор" - "Нефтчи" 2:1, "Насаф" ва "Сўғдиёна"да йирик ғалабалар  1 18:35"Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да йўқотиш  5 18:16"Насаф" бугун ёлғиз эмас  20 17:52Про лига. "ФарДУ" голларга бой ўйинда "Жайхун"ни таслим қилди  2 17:39Левандовски МЮга трансфери ҳақида: "Фергюсон қўнғироқ қилган, лекин унинг талаффузини тушунмаганман"  4 17:05Унаи Эмери "Манчестер Юнайтед" эътиборида  18

Botirali Ergashev: “Sovrinli o'rinlar uchun kurashishda “Qo'qon-1912”ga hamma narsa etarli” Yangiliklar

Botirali Ergashev: “Sovrinli o'rinlar uchun kurashishda “Qo'qon-1912”ga hamma narsa etarli”

Barcha jamoalar qaytadan restart olishi kutilayotgan Superliga bahslariga tayyorgarlikni boshlamoqda.

Joriy yilda katta maqsadlar sari yo'lga chiqqan Baxtiyor Ashurmatov boshchiligidagi “Qo'qon-1912” jamoasi azolari ham bugundan mashg'ulotlarga kirishishmoqda. Rejaga ko'ra jamoa 1-6 iyun kunlari Qo'qon shahrida yig'in olib boradilar. 8 iyundan boshlab mashg'ulotlar Toshkentga ko'chiriladi. Biz bilan suhbatdan bo'lgan jamoa posboni Botirali Ergashev o'z fikr va mulohazalarini bildirdi.

“Individual mashg'ulot bilan, jamoaviy mashg'ulotni farqi katta. Jamoa bilan birga bajarganiz foydaliroq va yaxshiroq. To'g'ri, darvoza chizig'i vakillarini yakka tartibda mashqlarni bajarishi qiyin. Bunda menga yaqindan ukam katta yordam berdi. Kiperlar uchun alohida dastur berildi va shu asosida mashqlarni uyda bajardim.

Mashg'ulotlarga va Superliga o'yinlarini o'tkazishga ruxsat berilganligi haqidagi xabar juda quvontirdi. Futbolni va yashil maydonni ancha sog'indik.



Mavsumni yaxshi boshlab oldik va g'alabalarni qo'lga kiritdik. Nasib qilsa xuddi shu ruhda davom etishga astoydil harakat qilamiz. Bizga bildirilayotgan ulkan ishonchlarni oqlaymiz degan umiddaman. Tarkibimiz ajoyib ko'rinish olgan, legionerlar va tajribali mahalliy futbolchilar uyg'unlashgan. Sovrinli o'rinlar uchun kurashishimizga hamma narsa etarli.

Ochig'i, “Bunyodkor” bilan o'yinni orziqib kutyapman. Qaysi jamoaning imkoniyatlari yuqori? Ikki jamoa ham bir xil holatda va imkoniyatlari teng. Qalban biz bilan birga bo'layotgan ishqibozlarni muvaffaqiyatli natijalarimiz bilan xursand qilishni istaymiz”,- deydi Botirali Ergashev.

Eslatib o'tamiz, “Qo'qon-1912” jamoasi navbatdagi uchrashuvni 13 iyun kuni “Bunyodkor”ga qarshi mehmonda o'tkazadi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика