So’nggi yangiliklar

00:35Жюль Кунде терма жамоа йиғинларидаги образи бўйича бирдирилган танқидларга жавоб берди  2 23:55Иньеста "Барса" ва "Реал" рақобати чўққига чиққан пайтда Испания термасидаги муҳит ҳақида гапирди  0 23:26Эрлинг Холанд Габриэлнинг бошига тўп улоқтирганидан афсусланмаслигини айтди  1 22:38Эрон терма жамоасининг Ўзбекистонга қарши ўйин олдидан ўтказган машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  11 22:19Дисквалификация муддати қисқарган Поль Погбанинг "Ювентус"даги келажаги аниқ бўлди  3 21:38Тен Хаг "Манчестер Юнайтед" машғулот базасида баланд девор қурдирди. У машғулотларини бегона кўзлардан беркитмоқчи  10 21:10Жозе Моуринью Арда Гюлерни жамоасига олиб келмоқчи  4 20:47Россия термаси октябрь ойидаги ФИФА кунларида ўйин ўтказмайди. Ўйинчилар очиқ машғулот ўтказиб, клубларига қайтишади  14 20:21Расман: "Сўғдиёна" жамоанинг асосий ўйинчиси билан шартномани узайтирди  5 19:56Англия футбол ассоциацияси Пакетани футболдан умрбод четлатишга чақирмоқда  6 19:31Шайхлар "Сент-Жеймс Парк" стадионини реконструкция қилиш учун 1 млрд фунт сармоя киритади  1 19:02Нико Уильямс жароҳати сабаб Испания терма жамоаси ўйинларини ўтказиб юборади  1 18:39Ўзбекистон МТЖ Эронга қарши ўйин олдидан расмий машғулот ўтказди ГАЛЕРЕЯ  26 18:21"Футбол олами". Фарғонадаги "Аср финали" қандай ўтди?   9 18:13Аббос Файзуллаев: "Таркибимиздаги барча футболчилар ўз чемпионатларида яхши формага кириб олишди. Бу бизга анча қўл келади"  7

Botir Mahmudov: “Viloyat futbolini yanada yuqori bosqichga olib chiqishga harakat qilaman” Yangiliklar

Botir Mahmudov: “Viloyat futbolini yanada yuqori bosqichga olib chiqishga harakat qilaman”

Toshkent viloyati futbol federaciyasi doimo turli xil musobaqalarni o'tkazish, ommaviy futbolga etibor qaratish borasida boshqalarga o'rnak bo'lib kelgan desak aslo mubolag'a bo'lmaydi.

Bunda uzoq yillar federaciyaning birinchi vice-prezidenti lavozimida faoliyat ko'rsatgan SHamil Yafarovning xizmati beqiyos. O'tgan yilning dekabr oyida SHamil aka nafaqaga chiqqach federaciyaning faoliyatida pasayish kuzatilishi taxmin qilingan edi, ammo o'zining ortidan qoldirib ketgan shogirdi SHamil Gazisovichni uyaltirib qo'ymadi. Tajribali rahbarning o'rniga kelgan Botir Mahmudovning federaciyadagi birinchi yili yomon o'tayotgani yo'q. Biz kuni kecha yangi rahbar bilan ko'rishib, federaciya va o'zining faoliyati haqida suhbatlashdik.

- Federaciyadagi faoliyatim o'tgan yili boshlangan. Ustozimiz, SHamil aka Yafarovning taklifiga ko'ra federaciyada u kishiga yordam berib keldim. U kishi kaminaga “bu yil ish o'rganing, kelasi yil o'zingiz federaciyani boshqarasiz”, der edi. Olti oy davomida bosh mutaxassis sifatida ishladim, SHamil akadan tajriba o'rgandim, qo'ldan kelgancha yordam berdim. Dekabr oyida SHamil aka nafaqaga chiqqanidan keyin vice-prezidentlikka men tavsiya qilindim. SHu erda hududiy federaciyalarning vice-prezidentlari qay yo'sinda tayinlanishini aytib o'tsam. O'zbekiston futbol Associaciyasi viloyat hokimligiga tavsiya qiladi. CHunki amalda viloyat hokimi hududiy federaciyaning prezidenti hisoblanadi. SHundan so'ng federaciyada yig'ilish o'tkaziladi va tavsiya qilingan inson bu lavozimga loyiq-loyiq emasligi muhokama qilinadi. Agar barcha rozi bo'lsa, o'sha inson vice-prezident lavozimiga tayinlanadi. Kaminaning tayinlovi ham xuddi shu tartibda amalga oshdi. Kezi kelganda quyidagi malumotni aytib o'taman: tez orada federaciyamiz xuddi O'FA singari Associaciyaga aylanadi. Bugungi kunda kerakli hujjatlar topshirilgan. Rasman tasdiqlansa biz ham Associaciya maqomida faoliyat ko'rsatishni boshlaymiz.
 
Ishga kirishib olish qiyin kechmadimi? Albatta federaciyani uzoq yillar boshqargan SHamil akani nafaqat o'zbek futbolida, balki viloyatdagi rahbarlar orasida ham o'z o'rni va hurmati bor edi. Bilasiz, hududiy federaciyalar moliyaviy tomondan o'zini-o'zi boshqaradigan tashkilot hisoblanadi. Yani, biz o'zimizni o'zimiz boqishimiz kerak. Homiylik, badal pullari orqali kun kechiramiz, desam mubolag'a bo'lmaydi. Lekin asosan badal pullariga qarab qolganmiz. Federaciyani SHamil aka boshqargan vaqtlarda homiylik bo'yicha viloyatdagi istagan tashkilotiga bemalol kirib, rahbarlar bilan gaplashib chiqar edi. CHunki aytganimdek, u kishini viloyatda barcha birdek hurmat qiladi. O'tgan yili federaciyasiga ishga kelgan vaqtimdan boshlab, SHamil aka o'zi bilan kaminani barcha uchrashuvlarga olib bordi. Barcha rahbarlari-yu, futbol mutasaddilariga meni o'zining o'rniga keladigan vice-prezident sifatida tanishtirdi. SHuning uchun bo'lsa kerak, viloyatda ish boshlashim, uzoq yillardan buyon futbolda ish kelayotgan insonlar bilan til topishishim, bir-birimizni tushunishimiz qiyin kechayotganiyo'q.

Federaciyaga vice-prezident bo'lib tayinlanganimdan keyin tashkilotimizning binosini o'zgartirdim. Ilgari Qibray tumanidagi kollej binosida ijara asosida faoliyat ko'rsatardik. Bugungi kunda federaciyamiz viloyat markazi bo'lmish Nurafshon shahrida joylashgan. Bundan tashqari, federaciyaga bir qator yoshlarni ishga oldik. Xususan, Xusan Xudoyberdiev, Aziza Ermatova va Elyor Intizomov kabi oliy malumotli va o'zbek futbolida o'z nomiga ega yoshlar bilan ishlayapmiz. O'ylaymanki, bu yigit qizlar viloyat futbolini yanada rivojlanishiga katta hissa qo'shishadi. Qolaversa, SHamil aka Yafarov ham federaciyamizni faxriy prezidenti hisoblanadi. Bu insondan doimo maslahat olib turamiz. Oddiy misol yaqinda 2-ligadan o'rin olgan bir uchrashuvda kutilmagan muammo chiqib, o'yin oxirigacha o'tkazilmay qolgan edi. Federaciyada barchamiz yakuniy qarorni qabul qilish bo'yicha uch soatdan oshiqroq vaqt davomida bosh qotirdik. Bir to'xtamga kela olmagach, SHamil akaga qo'ng'iroq qildik. Tajribali inson bo'lgan voqealarni to'liq tinglab, odilona qaror chiqarib berdi.


Federaciya bugungi kunda qaysi mablag'lar hisobiga kun ko'ryapti? Tabiiy savol. Bu haqida yuqorida aytib o'tdim. Federaciya homiylik yoki badal pullarini hisobiga kun ko'radi. SHu bois, aksar hududiy federaciyalarda moliyaviy tomondan muammolar bor. Xususan, biz ham bundan mustasno emasmiz. To'g'ri, hozirgi kunda tashkilotimizda bir necha xodim faoliyat ko'rsatmoqda. Ular o'z vaqtida maoshlarini olishmoqda. Ammo bu yilning qaysi oyiga qadar davom etishini oldindan aytish mushkul. Sababi, ikkinchi ligada ishtirok etadigan jamoalardan olinadigan badal pullarini biz nafaqat federaciya xodimlari uchun balki turli xil musobaqalarda ishlaydigan hakam va nazoratchilarga ham sarflaymiz. Qolaversa, barcha klublar ham badal pulini to'lash imkoniyatiga ega emas. Viloyatimizda futbol to'xtab qolmasligini inobatga olgan holda badal pulini to'lay olmaydigan ayrim jamoalarga ham chempionatda ishtirok etishga ruxsat berganmiz. O'ylaymanki, moliyaviy tomondan bizda muammo bo'lmaydi. Boisi, bizga hokimiyat tomonidan va boshqa homiylar tarafidan mablag' ajratilishi haqida vada berilgan. Aytgancha, ilgari O'zbekiston futbol federaciyasi tomonidan hududiy federaciyalarga mablag' ajratilar edi. Associaciyaga bu borada murojaat bilan chiqqanimizda bizga moliyaviy tomondan yordam berishlari haqida malumot berishdi, lekin qachon ekanligi nomalum.

Hozircha bu yil hisobidan rejalashtirgan ishlarimiz bir maromida davom etmoqda. Toshkent viloyati chempionatiga start berilganiga ancha bo'ldi. Jamoalar 10-tur bahslarini o'tkazib bo'lishdi. Avvalgi yillardan farqli ravishda bu yil birinchilikda 15ta klub qatnashmoqda. Yuqorida takidlaganimdek, ayrim jamoalar badal puli to'lamagan bo'lsa-da, barcha tumanlarimizda futbol bo'lishi uchun ularga ham chempionatda ishtirok etishga ruxsat berdik. Kubok o'yinlari odatdagidek, barcha musobaqalardan oldin boshlagandik. Hozirda turnirni hal qiluvchi o'yinlari qolgan. Bundan tashqari, o'zimizning ananaviy turnirlarimizdan Mixail An, Olim Ashirov va Vladimir Fyodorovning xotirasi uchun o'tkaziladigan “Hamyurtlar Kubogi”ni ham tashkil qildik. Bolalar musobaqasida 54ta jamoa 7 mintaqada g'oliblik uchun kurash olib bordi. Yakunda “Paxtakor” tarbiyalanuvchilari bosh sovrinni qo'lga kiritdi. Bundan tashqari, Nurafshon shahrida maktab o'quvchilari o'rtasida turnir tashkil qildik. Olimpiya tizimida o'tkazilgan o'yinlarda bir nechta maktab vakillari ishtirok etdi. Musobaqa bir oydan oshiqroq vaqt mobaynida o'tkazildi. Tez orada “Bolalar ligasi”ni ham boshlaymiz. Bundan tashqari, Respublika miqiyosida o'tkazilgan huquqni muhofaza qiluvchi tashkilotlar o'rtasidagi musobaqada viloyat prokuraturasi xodimlaridan tashkil topgan jamoamiz g'oliblikni qo'lga kiritdi. Federaciya bosh mutaxassisi Elyor Intizomov ustozlik qilgan jamoamiz barcha raqiblaridan ustun kelib, yakunda Respublikada tengsiz bo'lishdi. Ommaviy futbolni yanada rivojlantirish maqsadida mart oyida viloyatdagi tuman hokimliklari o'rtasida mini-futbol musobaqasini ham o'tkazdik. Viloyatdagi 14ta tuman, Nurafshon shahri va viloyat hokimiyati jamoalari o'rtasidagi turnirda Zangiota tumani hokimiyati xodimlaridan tashkil topgan jamoa tengsiz bo'ldi.

Umrimning ko'p qismini Evropa davlatlarida o'tkazganman. U tomonlarda ham futbolsiz yashaganim yo'q. Zamonaviy futbol qay yo'sinda rivojlanayotganidan xabarim bor. Ko'p yillar davomida orttirgan tajribamdan kelib chiqib, albatta federaciyaning imkoniyati doirasida viloyat futbolini yanada yuqori bosqichga olib chiqishga harakat qilaman. Buning uchun bor imkoniyatimni ishga solaman.

Furqatbek Nishonov suhbatlashdi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика