So’nggi yangiliklar

15:09"Монако" бош мураббийи Погба қачон майдонга тушишга тайёр бўлишини айтди  0 14:40"Ювентус" ҳужум чизиғини нигериялик тўпурар билан кучайтирмоқчи  0 14:11"Бургос" билан музокаралардан қочган Очоа Кипр жамоасига ўтди  0 13:42Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди  1 13:14"Реал" ёки Аргентина? Мастантуоно олдида қийин танлов  2 12:48Дембеле "Олтин тўп"нинг муқобилини қўлга киритди  3 12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  3 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  1 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  5 10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   7 10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  2 09:502026 йилги УEФА Суперкубоги қайси стадионда бўлиб ўтиши маълум  0 09:18"Рома"нинг собиқ устози Эронни бошқариши мумкин  22 08:43Sofascore. "Бани Яс" мағлуб бўлди. Мозговой неча баҳо олди?  2

Bosh murabbiy vazifasini de fakto bajarayotgan "Surxon" murabbiyi ishi qo'mitada ko'rib chiqiladi Yangiliklar

Bosh murabbiy vazifasini de fakto bajarayotgan "Surxon" murabbiyi ishi qo'mitada ko'rib chiqiladi

“Superliga va Proliga reglamenti”ning 16.31-bandida uchrashuv vaqtida texnik zonada klub rasmiylari orasidan faqatgina bosh murabbiyga futbolchilarga ko'rsatma berish huquqi berilgan.

Liga bunday qarorga noaniqliklar ko'payib ketganidan so'ng kelgan. Normal holatda klub bosh murabbiyi o'ziga tegishli barcha majburiyatlarni amalga oshirishi lozim. Jumladan, o'yin davomida futbolchilarga ko'rsatma berishdan tortib, jamoa bilan bog'liq OAV savollariga javob qaytarish shular jumlasiga kiradi. Liga va Associaciya o'rtasidagi kelishuv asosida Superliga klubini boshqarayotgan mutaxassis tegishli licenziyaga ega bo'lishi shart. Ayrim holatlarda bosh murabbiydan o'zga shaxsning uchrashuv davomida bir necha bor namoyon bo'lishi futbol yaxlitligi masalasini shubha ostiga qo'yadi. SHuningdek, OAV klub bilan bog'liq savollarni barchasi uchun javobgar bo'lgan mutaxassisga emas, de yure uning vazifasini bajarayotgan o'zga mutaxassisga berishga majbur bo'ladi.



Pro licenziyasi uchun o'quv kurslarining kechikishi sabab Liga 2024 yilning 1 mart kuni Superliga klublariga rasmiy murojaat bilan chiqqan hamda klubda bosh murabbiy vazifasini de fakto ehtimoliy boshqa shaxs amalga oshirayotgan bo'lsa, bu haqda rasmiy malumot berishi, evaziga Liga mazkur shaxsga texnik zonada erkin harakatlanish hamda matbuot anjumanlarida ishtirok etish huquqini taqdim etishini malum qilgandi. Jumladan, "Lokomotiv" Yorqin Nazarov emas, Aleksandr Stoymirovichga shunday huquq berilishini so'radi. "Bunyodkor" esa xorvatiyalik mutaxassis istefoga chiqqach, bosh murabbiy vazifasini Anvar G'ofurovga ishonib topshirdi, Liga ro'yxatidan esa Sergey Arslonovni bosh murabbiy sifatida o'tkazdi. 

"Surxon" Fevzi Davletovni bosh murabbiy sifatida ro'yxatdan o'tkazgan. Matbuot anjumanlarida ham aynan u ishtirok etib kelmoqda. Biroq "Surxon" ishtirokidagi so'nggi uchrashuvlarda Davletovdan ko'ra ko'proq Stanislav Kudryashov futbolchilarga ko'rsatma berayotgani Liga komissarlari bildirgisida aks etgan. Ogohlantirishlarga qaramay, Kudryashov reglament qoidalarini buzib kelayotgani uchun uning ishi tegishli qo'mitaga oshiriladi. 

"Surxon" klubidan esa vaziyatga oydinlik kiritish so'raladi. Mazkur holatda Liga klubning ichki ishlariga aralashmaydi, biroq rasmiy uchrashuv davomida reglament talablariga to'liq rioya etish so'raladi. Klubda de fakto bosh murabbiy Davletovdan o'zga shaxs bo'lsa, Liga bu haqda rasman xabardor etilishi va OAV ishtirokidagi matbuot anjumanlarida ham aynan o'sha shaxs ishtirok etishi shart hisoblanadi.  

Malumot uchun, joriy yilning sentyabr oyida Pro licenziyasi uchun yangi o'quv kursi start oladi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика