"Borussiya D" "Manchester Yunayted" hujumchisiga ko'z tikdi
17 jan 2023 10:45
Yangiliklar
"Borussiya D" "Manchester Yunayted" hujumchisiga ko'z tikdi
"Manchester Yunayted" hujumchisi Entoni Elanga Dortmundning "Borussiya"siga o'tishi mumkin, deb xabar berdi "TalkSport". Qolaversa, 20 yoshli vingerga "Bornmut" yoki "Everton"dan ko'ra nemis klubi ko'proq yoqadi. Negaki, "Borussiya" muntazam ravishda CHempionlar Ligasida, jumladan, ushbu turnirning pley-off bosqichida o'ynaydi.
Elanga o'tgan mavsum 21 ta o'yinda maydonda 1200 daqiqadan ko'proq vaqt o'tkazib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. SHveciyalik futbolchi joriy mavsum 13 ta o'yinda 1 ta assist qayd etdi. Elanga "Manchester Yunayted" tuzilmasidagi yana bir yosh iqtidor egasi Alexandro Garnachoga raqobatni boy berdi.
SHu bilan birga, "qizil iblislar" hamon 20 yoshli futbolchiga umid bildirmoqda. "Manchester Yunayted" Elanganing "Borussiya"ga o'tishiga faqat o'z hujum chizig'i etarli darajada kuchli deb hisoblagan taqdirdagina rozilik beradi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади
ЕЧЛ. Драматик кечган ўйинда "Барселона" меҳмонда "Брюгге" билан дуранг ўйнади
Fikrlar