Bor-yo'g'i 9 kun! “Sporting” Sinisha Mixaylovichni istefoga chiqardi
28 iyu 2018 08:23
Yangiliklar
Bor-yo'g'i 9 kun! “Sporting” Sinisha Mixaylovichni istefoga chiqardi
Lissabonning “Sporting” klubi jamoa yangi bosh murabbiyi Sinisha Mixaylovich bilan shartnomani bekor qilishga qaror qildi. Bu haqda klub rasmiy saytida malum qilindi.
Sinisha Mixaylovich bilan 18 iyun kuni shartnoma imzolangan bo'lishiga qaramay, klub prezidenti Souza Sintra mutaxassis bilan shartnomani bekor qilishga qaror qilgan. Uning so'zlariga ko'ra bu klubga 300 ming evroga tushadi. Sintra bosh murabbiy bilan bu qadar erta shartnomani bekor qilishga sabab sifatida Mixaylovich jamoaning yangi mavsum uchun rejasiga kirmasligini ko'rsatdi.
Klub prezidenti hafta oxiriga qadar yangi bosh murabbiy nomini elon qilishga vada berdi.
Fikrlar