So’nggi yangiliklar

01:0140 ёшли Фабиански яна "Вест Хэм"га қайтди. Дарвозабон ўтган мавсум охирида клубни тарк этганди  0 00:41Расман: Эриксен эркин агент сифатида "Вольфсбург"га ўтди  0 23:42Рўзиқул Бердиев: "Беш кишилик ҳимояни ёриб ўтишни яхши уддаладик. Элит ОЧЛда муносиб бўлишга ҳаракат қиламиз"  4 22:56"Бавария" бир неча йил аввал 14 ёшли Ямални сотиб олмоқчи бўлган, аммо трансфер суммасини тўлашга журъат этмаган  2 22:21Виктор Карпенко: "Илк гол сабаб биринчи бўлимда тўртта ўтказдик"  6 21:44Анри Франция терма жамоаси ҳақида: "Янги мураббий ким бўлишини барчамиз биламиз"  0 21:20Нойер: "Германия таркибида бошқа ўйнамайман. Бу онгли қарор эди"  4 20:52Суперлига. "Насаф" "Бухоро"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  56 19:23Тоуни: "Саудия лигаси мен учун АПЛ билан бир даражада"  8 18:273 ўйинда 2 очко тўплаган Симеоне: "Учинчи ўрин етарли эмас. Чемпион бўлиш вақти келди"  5 17:33“Бу оптимал таркиб эмас. Ҳакам қарорлари тўғри эди, мағлубиятни тан ола билиш ҳам керак" — Санъат Шихов Эрон билан ўйин ҳақида  41 17:18Тожикистоннинг икки терма жамоасида истеъфо юз берди  17 17:07"Ман Сити" ҳужумчиси жароҳат туфайли МЮга қарши ўйинни ўтказиб юборади  1 16:24"Интер" 2025/26 мавсум учун учинчи формани тақдим этди. У "2000-йилларда жамоани яхши кўрганлар ва бугун уни севувчиларга" бағишланган  2 15:49"Барселона" Хасбуллани "Камп Ноу"га таклиф қилди  9

Bolalar sporti. Qarshida “Futbolimiz kelajagi” turniri boshlanmoqda Yangiliklar

Bolalar sporti. Qarshida “Futbolimiz kelajagi” turniri boshlanmoqda

Teglar :  Bolalar futboli
Ertaga Qarshi shaxrida mahalla yoshlari o'rtasida “Futbolimiz kelajagi “ Respublika ananaviy turniri viloyat bosqichi start oladi.

Bugungi kunda yurtimizda sportning barcha turlari qatori millionlar o'yini sifatida etirof etiladigan futbol jadal suratlarda rivojlanmoqda .

Qarshi shaxridagi “Binokor” bolalar sport klubi majmuasida 6-7-8 avgust kunlari turli yoshdagi mahalla yoshlari o'rtasida “Futbolimiz kelajagi” futbol turnirini viloyat bosqichi bo'lib o'tadi.

Bunda futbol maktablari, klub va jamoalar moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash, jamoalar tarkibini iqtidorli, kelajagi porloq yosh o'yinchilar bilan to'ldirishga katta etibor qaratilayotgani qo'l kelyapti, albatta.

Hududlarda, ayniqsa, respublikamizning olis qishloq va ovullarida yashab, yashil maydonlarda to'p surayotgan, qalbida katta futbolga mehri baland maxalla yoshlarini aniqlash, ularni yangi marralar sari rag'batlantirishda Futbolimiz kelajagi ananaviy respublika turniri tajriba maktabi vazifasini bajarib kelmoqda

- Ananaviy tarzda o'tkazib kelinayotgan Futbolimiz kelajagi respublika turniri mahallalarda ulg'ayotgan yoshlarni sportga ishtiyoqini oshirishga, ularning epchil, chaqqon va baquvvat bo'lib ulg'ayishiga xizmat qilayotir, - deydi Viloyat Futbol Federaciyasi musobaqalar o'tkazish bo'limi bosh mutaxasissi Asror Xadjaev- Bu yilgi musobaqada mahallalardan saralab olingan jamoalar ishtirok etadi. Uch toifadagi yoshlar o'rtasida o'tkaziladigan bellashuvlarda 9-10, 11-12 hamda 13-14 yoshli o'g'il bolalar jamoalari maydonda to'p surib, g'oliblik uchun bellashadi.

Turnirda birinchi o'rinni olgan jamoalar Respublika bosqichida ishtirok etadi va musobaqa tashkilotchilari tomonidan rag'batlantiriladi.

Faxriddin CHORIEV.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика