So’nggi yangiliklar

18:08Туркия Суперлигаси. "Башакшехир"нинг "Аланяспор"га қарши ўйин учун таркиби маълум  0 18:00"Андижон" — "Сўғдиёна" 0:0 (Матнли трансляция)  9 17:56БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ"нинг "Ал Васл"га қарши ўйин учун таркиби маълум, Ғаниев асосий таркибда  0 15:26"Манчестер Юнайтед" Вальверде эвазига "Реал"га ўз футболчисини беришга тайёр  3 14:38"Арсенал" 80 млн евролик испанни харид қилмоқчи  0 13:58Левченко: "Нега ғалабани мухлислар билан нишонламайман? Барчаси ўйиндаги асаб ва руҳий чарчоқ сабаб"  3 13:14Фергюсон "Манчестер Юнайтед"га қайтмоқчи эканини тан олди  16 12:35Аморимнинг "Реал"даги трансфер мақсади маълум бўлди  4 11:56"Реал" "Ливерпул"нинг навбатдаги юлдузини нишонга олди  11 11:20Месси МЛС тўпурарлар пойгасида етакчилик қилмоқда - 22 та ўйинда 22 та гол  5 10:53Бугун бўлиб ўтадиган "Арсенал" - "Манчестер Сити" баҳси учун жамаоларнинг эҳтимолий таркиби  19 10:27Мареска Санчеснинг 3-дақиқада олган қизили ҳақида гапирди  3 09:55Хаби Алонсо "Реал Мадрид" тарихида фақат икки мураббий эришган муваффақиятни такрорлади  10 09:23"Манчестер Юнайтед" - "Челси" учрашувининг биринчи бўлими АПЛ тарихига кирди  3 08:41"Барселона" Маркус Рэшфорд борасида бир қарорга келди  3

Bolalar futboli. Qashqadaryoliklar kumush medallariga ega bo'lishdi Yangiliklar

Bolalar futboli. Qashqadaryoliklar kumush medallariga ega bo'lishdi

Teglar :  Bolalar futboli
Xabaringiz bor, joriy yilning 23-28 noyabr kunlari Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardagi barcha futbol mahorat maktablarining 2003 yildan 2007 yilgacha tug'ilgan tarbiyalanuvchilari o'rtasida O'zbekiston kubogi musobaqalari o'tkazildi.

O'zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda O'zbekiston futbol associaciyasi hamkorligidagi mazkur kubok bellashuvlari Qoraqalpog'iston Respublikasi (2004 yilda tug'ilganlar), Farg'ona (2003 yilda tug'ilganlar), Navoiy (2005 yilda tug'ilganlar), Jizzax (2006 yilda tug'ilganlar) va Samarqand (2007 yilda tug'ilganlar) viloyatlarida tashkil etildi. Xususan, Qashqadaryo viloyati futbol mahorat maktabi o'quvchilari ham ushbu musobaqalarda faol ishtirok etib, medallarni jamg'arishga erishdi. Jumladan, Farg'onada 2003 yilda tug'ilgan futbolchilar o'rtasidagi musobaqada qarshiliklar finalga qadar etib bordi. Trenerlar Jonibek Egamberdiev va Konstantin Boev shogirdlari final bosqichida mezbonlarga 0:2 hisobida g'oliblik imkoniyatini boy bergan bo'lishsada, ikkinchi o'rinni egallab, kumush medallarga ega chiqishdi. Uchinchi o'rinlar Buxoro va Jizzax viloyati jamoalariga nasib etdi. Bellashuvlar so'nggida Qashqadaryo jamoasi “Eng yaxshi tartibli jamoa” darvozaboni Jasur Rajabov “Eng yaxshi darvozabon”, hujumchisi Asadbek Samariddinov “Eng yaxshi turnir to'purari” nominaciyalarini qo'lga kiritishdi.

Jizzax shahri mezbonlik qilgan 2006 yilda tug'ilgan futbolchilar o'rtasidagi bahslarda ham Qashqadaryo jamoasi kumush medallarni qo'lga kiritishga muvaffaq bo'lishdi. Jizzaxliklar bilan o'tgan final uchrashuvida tajribali trener Bahriddin Omonov shogirdlari 3:4 hisobi bilan ikkinchi o'rinni band etishdi. Jamoa hujumchisi G'anisher Qodirov esa “Turnir to'purari” nominaciyasiga loyiq ko'rildi. Natijalarga ko'ra bronza medallari Toshkent viloyati va Tashkent shahri jamoalariga berildi. Ushbu musobaqada Qashqadaryo viloyat futbol mahorat maktabining sport ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari Nasim SHoyimov ham ishtirok etib, jamoasinining texnik va taktik mahoratlarini kuzatib bordi. SHuningdek, Qashqadaryo jamoasi bellashuvlar doirasida bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish maqsadida Jizzax shahridagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internati va uy muzeyida ham bo'lishdi.

- O'zbek xalqining atoqli farzandlari – shoir, dramaturg, publicist va jamoat arbobi Hamid Olimjon va uning rafiqasi – sevimli shoiramiz, sadoqat timsoli Zulfiya ijodi bilan o'quvchilarimizni yaqindan tanishtirish imkoniyati tug'ilganidan xursandmiz, - deydi Qashqadaryo viloyat futbol mahorat maktabining manaviyat – marifat ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari SHavkat Ro'ziev. – Tashrifdan ko'zlangan maqsad - yoshlarimizning bu ikki sevimli shoirlarimiz hayot va ijod yo'llari bilan yaqindan tanishish va shu orqali o'quvchilarimizning manaviy ongini yuksaltirish, adabiyotga, kitobxonlikka bo'lgan mehrini kuchaytirishdan iborat bo'ladi.


Ilhom RAHMONOV tayyorladi



Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика