Bolalar futboli. Andijonda "Zahiriddin Muhammad Bobur" Kubogi davom etmoqda
04 iyu 2018 18:28
Yangiliklar
Bolalar futboli. Andijonda "Zahiriddin Muhammad Bobur" Kubogi davom etmoqda
Andijon viloyatida O'zbekiston futbol associaciyasi hamda Andijon viloyati futbol associaciyasi bilan hamkorlikda o'tkazilishi rejalashtirilgan "Zahiriddin Muhammad Bobur" nomli Respublika ochik turniriga start berilgani haqida avval xabar qilgandik.
Musobaqada jami 10ta jamoa ishtirok etmoqda. Jamoalar 2 guruhga bo'lingan holatda bahslarga kirishdilar. "A" guruhi uchrashuvlari "Andijon" futbol akademiyasi futbol maydonida, "B" guruhi uchrashuvlari esa viloyat futbol maktabi maydonida o'tkazilyapti.
Musobaqaning ikkinchi kun o'yinlari natijalari bilan tanishing:
"A" guruh
Andijon viloyati futbol maktab internati — Andijon futbol akademiyasi (2006 yil) 0:3
Andijon IBO'SM — "Barkamol avlod" jamoasi (Namangan) 4:3
"B" guruh
Andijon futbol akademiyasi (2005 yil) — "Marhamat" jamoasi 4:0
Viloyat BO'SM — "Izboskan" jamoasi 5:0
Fikrlar