So’nggi yangiliklar

14:14Мюллер МЛСдаги дебют голини 90+14-дақиқада урди ва жамоасига ғалаба олиб берди  1 13:31Шаҳром Самиев Тожикистон терма жамоасига чақирилгани ва CAFA Nations Cup турнири ҳақида гапирди  0 13:13"Астон Вилла" "Челси" ва ПСЖ ҳужумчиларини таркибига қўшиб олмоқчи  0 12:51Диего Симеоне: "Атлетико" ўз принципларини ўзгартирмайди"  0 12:30Мурод Бобожонов: "Сўнгги тўрт ўйинда уч гол? Бундан ҳам яхшироғига ҳаракат қиламан"  1 12:12Месси ва Альба бугун нега ўйнамади? Маскерано жавоб берди  2 11:49Фақатгина 3 мураббий Пепнинг "Сити"сини "Этихад"да икки хил клуб билан мағлуб қила олган  3 11:32Авазбек Ўлмасалиев: "Миллий терма жамоага илк маротаба чақирилганимдан хурсандман"  1 11:16"Тоттенхэм" Мэддисон ўрнига бошқа футболчи топди  1 10:51Бруно Фернандеш "Ал-Иттиҳод" билан яширин учрашув ўтказди. Футболчи йиллик истагини маълум қилган  8 10:20"Барселона" ёзда сотиб олган футболчини Туркия клубига ижарага бермоқчи  1 09:48Флик "Барселона"нинг "Леванте"га қарши ўйинига муносабат билдирди  11 09:18"Ал Иттиҳод" 18 ёшли футболчига 50 миллион евро тўлашга тайёр  0 08:51Модрич А Серия рекордини ўрнатди  2 08:20Артета кечаги учрашувда жароҳат олган етакчилари ҳақида фикр билдирди  1

Boka Xuniors va River Pleyt. Ular nima uchun bir-birini yomon ko'radi? Yangiliklar

Boka Xuniors va River Pleyt. Ular nima uchun bir-birini yomon ko'radi?

Janubiy Amerika qitasining eng nufuzli musobaqasi, Libertadores kubogi finalida ilk bor Argentinaning ikki mashhur klubi Boka Xuniors va River Pleyt to'qnash keladi.

Ko'pchilik ushbu ikki klub bir-biri bilan azaldan raqib ekanini biladi. Biz finaldan oldin buning sabablari haqida malumot berishga  qaror qildik.

Argentina Superligasida o'ynayotgan 26ta klubning 12tasi poytaxt, Buenos-Ayresda joylashgan. Ammo hech qaysi bahs «Boka Xuniors» va «River Pleyt» o'rtasidagi o'yinga teng kelmaydi.

«Superklasiko» deb nomlanuvchi o'yinga teng keladigan bahsni butun dunyoda topish ham amri mahol, ammo «Boka» va «River» nima uchun bir-birini bunchalik yomon ko'radi? Bu jamoalar o'rtasidagi raqobat taxminan 100 yil oldin boshlangan.

Hozirda bu klublar kattagina shaharda qo'shni emas, ammo bu jamoalar shaharning bitta tumanida, «La Boka» portida asos solingan. Bu erda asosan ishchilar istiqomat qilishardi.

«River» 1901 yilda «La Rosales» va «Santa Rosa» klublari qo'shilishidan paydo bo'lgan, «Boka» esa to'rt yildan so'ng tashkil etilgan.


«Boka Xuniors» 1908


Ular bir necha bor o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazishgan, ilk rasmiy o'yin 1913 yilning 14 avgust sanasida bo'lib o'tgan. «Boka» dastlab Avelyanedadagi «Rasing» stadionida o'ynardi, ammo uchrashuvda «River» g'alaba qozongan - 2:1.

Bu jamoalar o'rtasidagi raqobat 1931 yilda avj olgan. «Boka» yangi davrning ilk chempioni bo'lgan, «River» esa «Sportivo»dan Karlos Peuselyani 10 000 peso evaziga sotib olgan, shu tariqa «millionerlar» («Los Millonarios») degan laqabni olgan. «River» yangi stadion, «El Monumental»ga ko'chib o'tgan. Ushbu stadion shaharning anchagina rivojlangan dahasi Belgranoda joylashgandi.

«River» yuqori tabaqa, «Boka» esa ishchilar tabaqasi jamoasiga aylanib qolgandi. Argentinadagi moliyaviy inqirozdan so'ng, bu ikki klub o'rtasidagi munosabat juda ham keskinlashib ketdi.

«River Pleyt» 1908


Zamonaviy futbol bu klublardan brendlar paydo qildi. Muxlislar raqibini o'lgudek yomon ko'radi. «Boka» va «River» Argentinada taxt uchun kurashishdan hech qachon charchashmaydi.

Qizig'i 2013 yilda hukumat ushbu klub fanatlariga safardagi o'yinlarga borishni taqiqlab qo'ydi. Yani «Boka» muxlislari «River» stadioniga borishmaydi va aksincha.

Argentina prezidenti Mauricio Makri bu narsani Libertadores kubogi finalida bekor qilishni taklif qilgan bo'lsa ham klublar mehmon jamoa muxlislarini stadionga kiritmaslikka qaror qilishdi.

Ammo bu ikki qismdan iborat bo'lgan spektaklga hech qanday tasir o'tkazmaydi. Birinchi qism, bugun tunda «La Bombonera» stadionida bo'lib o'tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 01:00da boshlanadi.

Bu esa navbatdagi tarixning yozilishi bo'ladi.


«Men juda ko'p futbolni ko'rganman, ammo Superklasikodagi voqealarni so'z bilan tariflab berish mumkin emas. Bu o'zga olam, har bir inson buni hayoti davomida bir marta bo'lsa ham his qilib ko'rishi kerak. Aks holda hech qachon bu ajoyib o'yin qanday hissiyotlar taqdim etishi mumkinligini bila olmaysiz», - degandi «Boka Xuniors» safida o'ynagan afsonaviy Diego Armando Maradona.



Boca Juniors

Ramon Abila - 34', Dario Benedetto - 45'

Copa Libertadores Final Stage . final-tur

12/11/2018, 00:00

2
:
2
Tugadi

River Plate

Lucas Pratto - 36', Carlos Roberto Izquierdoz - 61'

45'
90'
27'  Cristian Pavon (Dario Benedetto)
34'  Ramon Abila
37'  Leonardo Jara
43'  Sebastian Villa
45'  Dario Benedetto
48'  Ramon Abila
73'  Sebastian Villa (Carlos Tevez)
83'  Leonardo Jara (Julio Alberto Buffarini)
90'  Carlos Tevez
36'  Lucas Pratto
58'  Lucas Martinez Quarta (Ignacio Fernandez)
61'  Carlos Roberto Izquierdoz
67'  Milton Casco
75'  Rafael Santos Borre
75'  Enzo Perez (Bruno Zuculini)
77'  Gonzalo Martinez (Juan Quintero)


Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика