So’nggi yangiliklar

02:36"Милан" Италия кубоги финалида "Болонья"га имкониятни бой берди!  2 02:25Ла Лига. "Реал Мадрид" сўнгги дақиқада гол уриб, "Мальорка"ни мағлубиятга учратди. "Барселона" чемпионликни ўзи ҳал қилишига тўғри келади  27 00:55“Иштихон” бош мураббийи Миржалол Лоқаев: "Йигитларимиз уч ойдан бери маошсиз ўйнашмоқда. Вазият ўзгаришини кутяпмиз"  1 00:41Элдор Мойлиев: "Учрашувнинг 17:00га қўйилгани икки жамоага ҳам ноқулай бўлди"  1 00:31Виталий Левченко: "Ҳамма футболчимизда ОКМКга қарши майдонга тушиш имконияти мавжуд"  1 00:20Сервер Жепаров: "Нефтчи" каби рақибларга қарши камчиликлар яққол кўринади"  0 00:00ЦСКА "Зенит"га қарши пенальтилар сериясида ғалаба қозониб, Россия кубоги суперфиналига йўл олди! Файзуллаев захирадан майдонга тушди  12 23:55Сервер Жепаров Халқаро футбол ассоциациялари кенгашининг футбол бўйича маслаҳат гуруҳи аъзолигига қабул қилинди  1 23:25Флориан Виртцга Англиядан яна бир харидор пайдо бўлди  1 22:55Браим Диас жароҳати сабаб Ла Лигадаги кейинги ўйинни ўтказиб юборади  0 22:31Родриго: "Уйдирма тарқатишни бас қилинг"  7 22:01"Челси" Энцо Маресканинг келажаги бўйича бир қарорга келди  2 21:29Флик: "Анчелотти – ҳақиқий жентелмен"  28 21:10Ўзбекистон кубоги. "Нефтчи" ва "Навбаҳор" ўз ўйинларида ғалаба қозониб, плей-офф босқичига йўл олишди  10 20:36Асрор Алиқулов: "Кубок учрашувига U-21 жамоасидан кўпроқ футболчи жалб қилдик. Лекин..."  0

BMB futzal klubi yangi mavsumga yana yuksak maqsadlar bilan Yangiliklar

BMB futzal klubi yangi mavsumga yana yuksak maqsadlar bilan

Joriy yilning 24 oktyabr kuni BMB HOLDING binosining majlislar zalida BMB PFCning yangi futzalchilari tantanali ravishda tanishtirildi.

BMB professional futzal klubi tashkil etilganiga ko'p fursat bo'lmagan bo'lsada, katta natijalarni qayd etganini alohida takidlash joiz. Yaqin tarixga nazar tashlar ekanmiz, BMB PFC 2022-2023 yilgi mavsumda oltin treblga, yani, bir mavsumda 3 ta musobaqada g'oliblikka erishib, futzal bo'yicha O'zbekiston chempioni, O'zbekiston Kubogi va O'zbekiston Superkubok egasiga aylanib ulgurdi. Albatta, chempion bo'lish juda katta yutuq, ammo unga munosib bo'lish, uni saqlab turish yanada katta masuliyatli vazifa.




"Oq yo'lbarslar" 2023-2024 yilgi mavsumda ham haqiqiy chempionlardek ishtirok etib, Oliy liga chempionligini muddatidan oldin qo'lga kiritdi. O'z uslubiga ega mahoratli futzalchilardan tashkil topgan BMB PFC Kubok bahslarida kurashlarga boy bo'lgan shiddatli uchrashuvlarda ham g'alabalarga erishib yutuqlar javoniga yana bir kubokni qo'shib qo'ydi.



Xabaringiz bor, FIFA tomonidan qabul qilingan qarorga muvofiq, 2024 yil Futzal bo'yicha Jahon chempionati yurtimizda o'tkazildi. Milliy terma jamoa tarkibida BMB futzal klubi azolarining ishtiroki ancha faol bo'lganligini etirof etmaslikning iloji yo'q. Kelgusida Vatanimizda futzalni yanada ommalashtirish va rivojlantirish maqsadida, BMB PFC futbol vatani hisoblanadigan Braziliyadan yana ham tajribali, katta futzal mahoratiga ega futzalchilar transferi amalga oshirdi.




Bugungi kunga kelib, klubda legioner futzalchilar safi yanada kengaydi, jumladan: Braziliya terma jamoasi safida Amerika kubogi sohibiga aylangan, 2016 yil Yaponiya klubi bilan Osiyo chempionlar ligasida, 2018 yil esa "Inter Movistar" tarkibida Evropa chempionlar ligasida zafar quchgan tajribali Serjino Paulista hamda bir necha karra Litva chempioni, Litva kubogi sohibi, Litva davlatida yilning eng yaxshi futzalchisi deb topilgan Viktor Hugo Pires Dos Santos (Vitino)lar bilan shartnoma imzolandi.


SHuningdek, o'tgan mavsumning eng yaxshi o'yinchisi deb topilgan Oliveira de Jesus Souza Hebbert (Bolt), mavsum yulduzi nominaciyasi bilan taqdirlangan Enriki Suarez de Souza Paulo hamda Aleks Dias de Silva, Joao Florencio de Silva Netolar bilan tuzilgan shartnoma muddati uzaytirildi.




Murabbiylar tarkibiga ham professional darvozabonlar murabbiyi sifatida 2022-2023 yil aynan BMB PFC safida mehnat faoliyatini o'tagan Oliy liga va Kubok sohibi bo'lishda munosib hissasini qo'shgan Vitor Vianna ham jalb qilindi.


SHuningdek futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasiga munosib futzalchilarni etishtirish maqsadida klub yosh iqtidorlar Ashirbek To'lqinov, Bekzod Mirqosimov, Abdulboriy Ilyosovlarni hamda Abbosbek O'lmasbekovlar bilan ham shartnoma imzoladi.



BMB professional futzal klubi Prezidenti Bekzod Mamatqulov yangi mavsum oldidan klubning asosiy maqsad va ustuvor vazifalariga ham to'xtalib o'tdi.


BMB professional futzal klubi mamlakatimizda futzalni yanada rivojlantirish, jahonning eng kuchli futzalchilarini jalb qilgan holda o'zaro tajriba almashishni ham muntazam davom ettirishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика