"Bizga uchta g'alaba kerak va jamoamiz ECHLda bo'ladi" - Pep Gvardiola
10 may 15:48
Yangiliklar


"Bizga uchta g'alaba kerak va jamoamiz ECHLda bo'ladi" - Pep Gvardiola
Uning jamoasi keyingi mavsumda Chempionlar Ligasida o'ynashni istamoqda.
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola APLda evrokuboklar uchun yo'llanmani qo'lga kiritishda keskin kurash kechayotgani haqida fikr bildirdi.
"Menimcha, hozir Chempionlar Ligasi yo'llanmasi uchun olti-etti jamoa kurashmoqda. Biz ochko olishimiz kerak, chunki hammasi o'z qo'limizda. Bizga uchta g'alaba kerak va jamoamiz ECHLda bo'ladi.
Ligada ikkinchi o'rinni egallab, Angliya Kubogini yuta olamizmi? Bu haqda o'ylamayapman. Men faqat "Sautgempton"ga qarshi keyingi o'yinimiz haqida bosh qotiryapman. Oxirgi haftada meni tashvishga solayotgan narsa shu", – dedi Gvardiola.
Eslatib o'tamiz, "Manchester Siti" hozirda APL turnir jadvalida 35-turdan keyin 64 ochko bilan uchinchi o'rinda bormoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar