So’nggi yangiliklar

00:35"Бавария" "Челси" футболчисига қизиқмоқда  0 23:50Клублар ўртасидаги ЖЧ финали. "Челси" — ПСЖ 3:0 (матнли трансляция)  79 23:40"Арсенал" ва "Спортинг" Гёкереш бўйича келишувга эришишга яқин  1 22:21"Ливерпуль" ўртоқлик ўйинида "Престон Норт Энд"ни мағлуб этди  1 21:56Терма жамоадаги муҳит, аёллар футболининг ривожи, Англиядан олинган таклиф ва 23 йиллик танаффусдан сўнг қўлга киритилган Осиё кубоги йўлланмаси ҳақида — Оминахон Валиханова  1 21:30МЮ 65 млн фунтлик трансферни амалга ошириши мумкин  0 20:40"Барселона" даъвогарлик қилаётган Рэшфорд Саудия Арабистонидан ажойиб таклифни рад этди  4 19:57"Бавария" "Арсенал" вингерига қизиқиш билдирмоқда  0 19:12"Реал" Родригонинг нархини маълум қилди  14 18:20Роберто Фирмино фаолиятини Осиёнинг бошқа мамлакатида давом эттиради  3 17:43Эндрик "Реал"дан ижарага кетмоқчи эмас  4 16:5840 ёшли Касорла "Овьедо" билан шартномасини 2025/26 йилги мавсумгача узайтирди. Клуб Ла Лигага қайтди  0 16:24Эшитдик-да! Жаҳон чемпиони бўлган мураббий Ўзбекистон МТЖни бошқариши мумкин  127 16:05Шомуродов: "Аргентинага қарши ўйнаб, қайси жиҳатларимизни кучайтириш кераклигини билиб олсак бўлади"  8 15:54⚡️"Пахтакор" собиқ футболчисини ортга қайтарди  10

"Biz hech qachon durang natijadan qoniqmaymiz" Yangiliklar

"Biz hech qachon durang natijadan qoniqmaymiz"

Bugun Pro liganing 25-turidan o'rin olgan "Xorazm" - "Qo'qon-1912" (1:1) uchrashuvidan so'ng qo'qonliklar bosh murabbiyi Bahrom Haydarov o'yindan keyingi matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Xorazm"ning so'nggi o'yinidan kelib chiqib, bugungi uchrashuvga tayyorgarlik ko'rgandik. Maydon holati tufayli kombinacion futbol namoyish etish qiyin ekanligini bilardik. SHu sababli yakkakurashlarda g'olib chiqish asosiy rolni o'ynar edi. Yakkakurashlarda ko'proq g'olib bo'lgan jamoa, yakunda g'alaba qozonar edi. Bugun jangovar o'yin bo'ldi, hisob ham o'yinga mos bo'ldi. Biz g'alabani ilib ketishimiz mumkin edi, "Xorazm" ham g'alabaga qozonish uchun etarlicha o'yin namoyish etdi deb o'ylayman. Ikki jamoa ham engilishni istamadi. To'g'ri, xato va kamchiliklar ham bo'ldi. Ularni keyinroq o'rganib chiqamiz. Keyingi uchrashuvlarga tayyorgarlik ko'rishimiz kerak", - deya fikr bildirdi Bahrom Haydarov bugungi uchrashuv haqida

- "Xorazm" futbolchisi Farruh Ibrohimov maydondan chetlatilganidan keyin ham jamoangiz hujumkor o'yin uslubiga o'tmadi. Jamoangiz bugun durang natijasiga ham rozi edimi?

- Biz hech qachon durang natijadan qoniqmaymiz. Biz o'yin davomida uchta hujumchi bilan o'ynadik. Maydon markazini kuchaytirishga harakat qildik va shu sababli bir himoyachimizni zaxiraga oldik. Son jihatdan kam bo'lib qolgan jamoa, himoyaga ko'proq etibor berishi aniq. Bu bizga qiyinchilik tug'dirdi. So'nggi 25 daqiqada raqib zich himoyalangani tufayli yaxshi kombinaciyalar amalga oshira olmadik. "Xorazm" zich va yaxshi himoyalandi. To'g'ri, standart vaziyatlardan gol urishimiz mumkin edi, ammo buni uddalay olmadik. "Xorazm" bir kishi kam bo'lib ham bir nechta xavfli vaziyatga ega bo'ldi. SHu sababli bugungi durang adolatli natija bo'ldi deb o'ylayman.

- "Qo'qon-1912" jamoasi yaxshi o'yin namoyish etmoqda, ammo jamoangizga barqarorlik etishmayapti. Bunga sabab nima?

- Etibor bergan bo'lsangiz, ikkinchi davradagi "Buxoro"ga mag'lub bo'lgan o'yinimizdan tashqari qolgan barcha bahslarda biz ustunlik qilyapmiz, ammo etiborsizlik tufayli ko'p gol o'tkazib yuboryapmiz. Kam gol urmoqdamiz, bu ham muammo. Ko'proq etiborli bo'lishimiz kerak. Yuqori darajali futbolchilar etishmayapti. Uch-to'rtta bahslardagi duranglarni g'alabaga aylantira olganimizda, musobaqa jadvalida yanada balandroqda bo'lardik. Bugungi uchrashuvni bevosita kuzatish uchun tashrif buyurgan va bizni qo'llab-quvvatlab turgan muxlislarimizga o'z minnatdorchiligimni bildiraman.

Reyting: -2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика