So’nggi yangiliklar

16:25Пролига. "Жайхун" - "Олимпик-Mobiuz" 0:0  0 16:00Миржалол Қосимов ҳеч қачон "Андижон"га ютқазмаган   5 14:54"Сўғдиёна" билан ўйиндан олдин "Нефтчи"да битта йўқотиш  1 14:40"Навбаҳор"га 3 та гол урган "Бухоро" футболчиси кейинги турда майдонга тушмайди  4 14:28"Қизилқум" – "Насаф" ўйинида пенальти белгиланиши керакмиди? Суперлиганинг 22-туридаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  8 14:22Гвардиола "Арсенал"га қарши ўйин ҳақида: "Фаолиятимда ҳеч қачон бунчалик узоқ ҳимояланмаганмиз"  4 13:31Гол уриб, қизил карточка олган Экитике кечирим сўради  2 12:51Моуринью "Риу Аве" билан 1:1 ҳақида: "Бош ҳакамда ирода йўқ"  9 12:44ЎФФ президенти Миллий терма жамоа ўйинчилари билан учрашди  0 11:58Футзал. Бугун Ўзбекистон Қирғизистон билан ўйнайди  0 10:55Пролига. "Олимпик-Mobiuz" бугун Нукусда меҳмон бўлади  0 10:32МЮ қишда тажрибалироқ дарвозабон билан шартнома имзоламоқчи  5 09:38"Ливерпуль" ҳужумчиси гол уриши билан қизил олди  0 09:10ФИФА 2030 йилги жаҳон чемпионатини 64 та жамоа билан ўтказишдан манфаатдор - манба  17 09:05Goal. 2026 йилги "Олтин тўп" даъвогарлар рейтингини тузди. Амалдаги "Олтин тўп" соҳиби ТОП-5 да ҳам эмас  14

Birinchi turda hakamlar necha bor xatoga yo'l qo'yishdi? Rossiyalik ekspertimiz tomonidan hakamlik tahlili Yangiliklar

Birinchi turda hakamlar necha bor xatoga yo'l qo'yishdi? Rossiyalik ekspertimiz tomonidan hakamlik tahlili

Championat.Asia saytining hakamlik bo'yicha eksperti, rossiyalik sobiq hakam Anatoliy Sinyaev (Alyo, ref!) Superliganing birinchi turidagi bahsli hakamlik qarorlarini tahlil qildi.

«Paxtakor» - «Olimpik»

VIDEO

«Olimpik» futbolchisi harakat davomida to'p yo'nalishini chap tomonga o'zgartirdi. Ushbu vaziyatda "Paxtakor" posboni tupga ulgurmadi hamda chap oyog'ining tizza qismi bilan raqib hujumchisini yiqitdi. VAR ushbu epizodga aralashishga haqli. To'p bilan o'ynash jarayonida yaqqol gol urish imkoniyatidan mahrum etilgani uchun darvozabonga sariq kartochka ko'rsatilishi lozim, chunki darvoza bo'sh edi va futbolchi keyingi teginishda gol urishi mumkin bo'lardi.


«Metallurg» - «Neftchi»

VIDEO

Uzatma vaqtida raqib darvozasini ishg'ol qilgan «Neftchi» futbolchisi to'g'ri joy tanlagandi. Guvohi bo'lganingizdek, uning ortidagi «Metallurg» himoyachisining oyog'i (oq butsali o'yinchi) hujumchi turgan nuqtada bekilib qolgandi. Bu vaziyat yordamchi hakamni ziyraklikka chorlashi hamda idrokni ishga solgan holda himoyachining oldinga chiqishi va hujumchining ichkariga yorib kirayotganida oqilona tavakkal qilishi lozim. O'yindan tashqari holat yo'q edi, gol inobatga olinishi kerak.


«Metallurg» - «Neftchi»

VIDEO

«Metallurg» futbolchisi qo'pol harakat qildi. Harakat tarzining o'zi (old tomondan, butsaning tag qismi bilan, oyoqning yuqori ko'tarilishi) va haddan tashqari ortiqcha harakat o'yinchining raqib futbolchisining xavfsizligiga xavf tug'dirayotganidan dalolat beradi. «Neftchi» futbolchisiga omad kulib boqdi, u tana harakatini o'zgartirib, oyog'ini olib qochishga ulgurdi. Yo'qsa, u jiddiy jarohatga giriftor bo'lishi mumkin edi. Hatto ko'k libosdagi o'yinchining hodisa avvalidan to'p uchun harakat boshlashi ham jazoni engilashtira olmaydi. Qizil kartochka ko'rsatilishi to'g'ri qaror hisoblanadi.


«Nasaf» - «Andijon»

VIDEO

Menimcha, uchrashuv davom ettirilishi lozim, chunki tirsakning harakati tamomila arzimas holat hisoblanib, unda zarba berish xarakteri ko'zga tashlanmaydi. Boshqacha qilib aytganda, tirsakning harakati amalda ko'rinmaydi. Katta ehtimol bilan ikkala o'yinchi ham birvarakayiga sakragan lahzada himoyachining qo'li raqibiga tegdi, ammo bu hujumchining to'p uchun kurashishiga to'sqinlik qilmaydi, bunda turtishga urg'u bermaslik lozim. O'yinning davom ettirilishi maqbul qaror hisoblanadi.


«Nasaf» - «Andijon»

VIDEO

Himoyachidan boshdan-bosh to'pga harakat qildi, keyin to'p "Nasaf" futbolchisining oyog'iga tegdi, bu vaziyatda kontakt mavjud edi. Asosiysi, «Andijon» himoyachisi to'pga birinchi ulgurdi va qo'pollik sodir etmadi. So'ngra to'p qizil rangli libosdagi o'yinchidan maydon tashqarisiga chiqib ketdi. Hakam to'g'ri qaror qabul qildi, bu erda penalti yo'q edi.


«Surxon» - OKMK

VIDEO

To'pning proekciyasi (tasviri) shubhasiz chiziqqa "yopishib" turibdi (jahon chempionatidagi Yaponiyaning golini eslang, u erda bundan-da qiyinroq vaziyat yuzaga kelgandi). To'p maydon chegarasidan butkul chiqib ketishi kerak, shu jumladan, uning proekciyasi ham. Gol to'g'ri holatda urilgan. Bosh hakam turgan poziciya unchalik yaxshi emas, u darvoza tomon zarba berilayotganda hujum tomon o'girilishi kerak edi.


«Surxon» - OKMK

VIDEO

Rakurslarning hech biri to'laqonli xulosa chiqarishga asos bo'la olmaydi. Umuman olganda, hakam ham qulay rakursda joylashmagan, ammo bu to'g'ri qaror qabul qilishga to'sqinlik qilmaydi. SHuningdek, "qoidabuzar" o'yinchining reakciyasi ham vaziyat haqida so'zlab beradi. Katta ehtimol bilan, to'p uning chap qo'liga tegdi, futbolchi to'p uchun harakat qildi va raqibining to'pni o'ziga o'nglab olishiga yo'l qo'ymadi. 11 metrli jarima zarbasi belgilanishi hamda istiqbolli hujumni buzgani uchun «Surxon» futbolchisiga sariq kartochka ko'rsatilishi lozim.


«Turon» - «Buxoro»

VIDEO

Nazarimda, natijasi bo'lishi mumkin bo'lgan hujum buzilgani uchun sariq kartochka ko'rsatildi. Qarshi hujumning yuqori tezlikda tashkil etilishi, hujumchining to'pni nazorat qilishi, ochiq hududlarning yuzaga kelishi, himoyachilarning joylashuvi (yaqinda faqat bitta himoyachi bor) — bularning barchasi o'yinchiga ikkinchi sariq kartochka ko'rsatilishidan dalolat beradi.


SHu tariqa, birinchi tur bahslarida hakamlar faqat bitta qo'pol xatoga yo'l qo'yishdi, unda «Neftchi»ning goli inobatga olinmadi.

Reyting: -6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика