So’nggi yangiliklar

23:10Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф" (матнли трансляция)  4 22:22Шавкат Юсупов: "Шу темпда давом этишга ҳаракат қиламиз"  1 21:02ОФК ЭЧЛ. Турнир янги мавсумининг илк баҳсида 7та гол урилди  1 19:59Мессининг карточкаси рекорд даражадаги суммага сотилди  4 19:34Руни: "Тен Ҳаг Аморимга алмаштирилганидан бери МЮнинг аҳволи фақат ёмонлашди"  11 19:06"Қайрат" "Реал"га қарши ўйин чипталари қачондан сотувга чиқишини маълум қилди  8 18:40"Футбол олами". "Пахтакор" - "Нефтчи" 2:1, "Насаф" ва "Сўғдиёна"да йирик ғалабалар  1 18:35"Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да йўқотиш  4 18:16"Насаф" бугун ёлғиз эмас  20 17:52Про лига. "ФарДУ" голларга бой ўйинда "Жайхун"ни таслим қилди  2 17:39Левандовски МЮга трансфери ҳақида: "Фергюсон қўнғироқ қилган, лекин унинг талаффузини тушунмаганман"  3 17:05Унаи Эмери "Манчестер Юнайтед" эътиборида  16 16:37"Манчестер Юнайтед" Каземиро ўрнига "Кристал Пэлас" аъзосини олиб келмоқчи  1 16:16ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф". Ўзаро ўйинлар тарихи  8 15:37"Бунёдкор" "Хоразм" устидан қийин ғалабага эришган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0

Birinchi liga. Ikkinchi bosqich yakunlari. Eng ko'p muxlis to'plagan “Zomin” Yangiliklar

Birinchi liga. Ikkinchi bosqich yakunlari. Eng ko'p muxlis to'plagan “Zomin”

Teglar :  Zomin
Zominliklar ham tobora birinchi liganing doimiy ishtirokchilariga aylanib bormoqda desak mubolag'a bo'lmaydi.

Asosan mahalliy futbolchilardan tashkil topgan jamoaning qayd etayotgan natijasini salbiy deb bo'lmaydi. Ayrim xollarda bu jamoaga ham moliyaviy muammolar pand berib qo'yadi. Joriy mavsumda esa har xolda bu tomondan qiyinchilik bo'lmadi hisob.
Jamoa tarkibiga nazar tashlaydigan bo'lsangiz ilgari yoshlar terma jamoasida xarakat qilgan bir qator iqtidorli futbolchilarni ko'rish mumkin. Katta extimol bilan “Zomin”ning etakchi o'yinlariga aylanib ulgurgan futbolchilar kelasi mavsumni boshqa jamoada o'tkazishi mumkin. Zominliklar ikkinchi bosqichda eng ko'p muxlis to'plab, bu borada barchani ortda qoldirganini aytish lozim. Jamoaning eng yirik g'alabasi 6:0 bo'ldi. Etiborlisi bunga ular Kosonsoyda erishgan. 



Quyida jamoaning ikkinchi bosqichda qayd etgan natijasi bilan batafsil tanishish imkoniyatiga ega bo'lasiz.
 

O'yinlar

16

Umumiy gollar

35

Uyda

14 (40%)

Safarda

21 (60%)

O'tkazib yuborilgan gollar

25

Uyda

4 (16%)

Safarda

21 (84%)

Urilgan o'rtacha gollar

2,19

O'tkazib yuborilgan o'rtacha gollar

1,56

Uydagi ochkolar

17/24 (70,83 %)

Safardagi ochkolar

11/24 (45,83 %)

Eng yirik g'alaba

6:0 – “Kosonsoy”

Eng yirik mag'lubiyat

1:6 – “Oq-tepa”

Gol o'tkazib yuborilgan o'yinlar

6 (37,5%)

Golsiz o'yinlar

2 (12,5%)

Irodali g'alaba

0

Irodali durang

3

Irodasiz mag'lubiyat

0

Irodasiz durang

0

Yirik g'alaba

4

Yirik mag'lubiyat

2

Avtogol (urilgan/o'tkazib yuborilgan)

1/0

Ogohlantirish (o'rtacha)

33 (2,06)

CHetlatish (o'rtacha) – To'g'ridan to'g'ri/2-SK  

3 (0,19) - 1/2

Muxlislar tashrifi (jami/o'rtacha)

20066/1254

 

“Zomin” futbolchilari ikkinchi bosqichning 16ta o'yinida raqiblari darvozasiga jami 35ta gol urdi. Har bir bahsga o'rtacha 2tadan to'p demakdir. O'tkazib yuborilgan gollar soni esa 25tani tashkil etdi.  Jamoa safida to'purar Doston Toshmatov bo'ldi. Umumiy mavsum hisobida 20ta, ikkinchi bosqichning o'zida esa 16ta gol urgan. Kelasi yil Toshmatovni “So'g'diyona”da ko'rsak ajab emas.
 
Kim qancha gol urdi?
 

Futbolchi

Gol   

Pen.  

Doston Toshmatov

16

(5)

Sardor Inomjonov

6


Eldor Karimov

4


Jaloljon Maripov

2


Abdurahmon Abdulhaqov     

1


Baxtiyor Oripov

1


Jo'shqin Otabekov

1


Islombek Biyto'raev

1


Ubaydullo Nabiev

1


SHukurullo Joniqulov

1


 

Islombek Rustambekov

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика