So’nggi yangiliklar

00:39Рўзиқул Бердиев: "Мақсадимиз чемпионликни ўзимизда сақлаб қолиш"  0 00:37Ла Лига. "Барселона" йирик ғалаба билан бошлади, "Мальорка" биринчи бўлимдаёқ тўққиз киши бўлиб қолганди   44 00:11"Челси" "Милан" ярим ҳимоячисини қўлга киритмоқчи  0 23:57Элдор Мойлиев: "Насаф" ҳимоясини ёриб ўтиш бизга қийин бўлди"  0 23:39БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" меҳмонда "Ал Айн"га мағлуб бўлди, Ғаниев жамоасининг ягона голига муаллифлик қилди  0 23:31АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда "Вулверхэмптон"ни тор-мор этди, Ҳусанов захирадан ўйинга қўшилди  25 23:30Суперлига. “Навбаҳор” — “Нефтчи” 0:1   1 23:28Вадим Абрамов: "Мухлисларимиз уйдаги ғалабани соғиниб қолишганди"  3 23:14"Навбаҳор"нинг Намангандаги мағлубиятсиз серияси тугади  2 22:51Миржалол Қосимов: "Юриб футбол ўйнайдиган пайтлар ўтиб кетди"  6 22:45"Штутгарт" — "Бавария". Германия Суперкубоги ўйини учун таркиблар маълум  0 22:40"Аланяспор" — "Ризеспор". Таркиблар маълум  0 22:03"Манчестер Юнайтед" Дания терма жамоаси хавбекини сотиб олмоқчи  2 21:30"Насаф" Қашқадарё дербисида "Шўртан"ни мағлуб этди  23 21:28Сергей Лушчан: "Ким хато қилса шу ютқазиши сезилганди"  11

Birinchi liga. Ikkinchi bosqich. 2-turdan oldin qaysi jamoada imkoniyat qanday? Yangiliklar

Birinchi liga. Ikkinchi bosqich. 2-turdan oldin qaysi jamoada imkoniyat qanday?

Bugun birinchi ligada ikkinchi bosqichning ikkinchi tur o'yinlari bo'lib o'tadi.
Tur o'yinlaridan oldin jamoalarning imkoniyatlarini chamalab ko'ramiz.

"UzDongJu" - "Alanga"
Andijonliklar ikkinchi bosqichni dastlabki turini yirik hisobdagi g'alaba bilan boshlashgan edi. Endi ular Kosonliklarni sinovdan o'tkazishadi. Ikkala jamoa ham bu o'yinga ko'tarinki kayfiyatda etib kelishgani malum. SHundan kelib chiqib xulosa qilishimiz mumkinki, bu o'yin keskin kurashlarga boy ruhda o'tishi kutilmoqda.
Imkoniyatlar: 55-45

"Paxtakor-2" - "SHo'rtan"
Bu turda toshkentlik yosh charm to'p ustalarini jiddiy sinov kutib turibdi. Ularning raqiblari anoyi jamoalardan emas. Oliy liga uchun kurashayotgan g'uzorliklar har bir uchrashuvga faqat g'alaba uchun maydonga tushishmoqda. Bahsda katta ustunlik "SHo'rtan" tomonda bo'lsada, "Paxtakor-2" osonlikcha taslim bo'lmaslikka intilishlari tabiiy.
Imkoniyatlar: 40-60

"Xotira-79" - "SHerdor"
Bu bahs ham qolgan uchrashuvlardan qolishmasligini ikkala jamoani ham teng kuchga ega ekanligi bilan bog'lashimiz mumkin. Ikkala jamoada ham kichik muammolar borligini payqab olish qiyin emas. Uychiliklar bu turda faqat g'alaba uchun maydonga tushishlari tabiiy.
Imkoniyatlar: 55-45

"Obod" - "Orol"
Oliy ligaga chiqish uchun harakat qilishi kutilayotgan jamoalardan biri bu "Obod" ekanligi bizni quvontirmoqda. Bu jamoa o'zidan ijobiy taassurot qoldirishda davom etmoqda. Nukusliklarga qarshi kechadigan uchrashuvda ham "Obod" g'alaba qozonish uchun yaxshigina imkoniyatga ega. Nematullo Quttiboev shogirdlari ham toshkentliklarga etarlicha boshog'riq bo'lishlari mumkin. Bunga misol qilib Qo'qondagi bahsni olishimiz mumkin.
Imkoniyatlar 60-40

"Istiqlol" - "Mashal-2"
Ikkinchi bosqichdagi uchrashuvlar ichidagi murosasiz o'tishi kutilayotgan uchrashuvlardan biri "Istiqlol" maydonida bo'lib o'tadi. Uchrashuvda ikkala jamoa ham g'alaba uchun harakat qilishadi. Muboraklik yosh futbolchilar safardan ochko olib qaytish ilinjida maydonga tushishlari aniq.
Imkoniyatlar 55-45

"Qo'qon-1912" - "Xorazm"
Qo'qondagi "Markaziy" o'yingohda yana bir chiroyli uchrashuv guvohiga aylanamiz. Oliy liga uchun kurashayotgan qo'qonliklar har bir uchrashuvga faqat g'alaba uchun maydonga tushishga majburlar. Ularni yana bir sinov kutib turibdi. "Xorazm" ham bo'sh kelmaslikka harakat qiladi. Ularda ham imkoniyatlar bo'ladi. Faqat shu imkoniyatlardan oqilona foydalanishsa bo'lgani.
Imkoniyatlar: 60-40


Komiljon Ikromov
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика