So’nggi yangiliklar

22:30Ҳожимат Эркинов: "Андижонлик мухлисларга раҳмат, яхши атмосфера яратиб беришди"  0 22:08Максим Шацких: "Жамоамизда "Андижон" даражасига мос бўлмаган футболчилар бор"  27 21:58Суперлига. Қизил карточка кўрсатилган ва гол инобатга олинмаган ўйинда "Қизилқум" ва "Бунёдкор" муросага келди  21 21:47Камолиддин Тожиев: "Майдонда ўн киши қолиб ҳам ўзимизни кўрсата олдик"  10 21:03Суперлига. "Бобур Арена"да дарвозаларга 8 та гол урилган оқшомда "Пахтакор" "Андижон" устидан ғалаба қозонди  245 20:10Бу йил Супелигада ким чемпион бўлади? Сунъий интеллект жавоб берди  19 19:51"Реал" "Кристал Пэлас" ярим ҳимоячисига кўз тикди  5 19:22"Эвертон" "Манчестер Сити" ҳимоячисига даъвогар  0 18:49МЮ ҳужумчисини "Наполи"га қўйиб юборишга тайёр  1 18:20Агуэро: "Ўзимни мураббий сифатида тасаввур қилолмайман"  1 17:48"Тоттенхэм" ярим ҳимоячиси 2026 йилгача майдонга тушмайди  0 17:25"Нефтчи" "Машъал"га ҳеч қандай имкон қолдирмаган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  2 17:06"Реал" бош мураббийи икки ҳимоячига ишонмаяпти  7 16:43"Бобур Арена" "Андижон" – "Пахтакор" учрашувига тайёр!  8 16:11Чемпионлар Лигасига қачон қуръа ташланади?  9

Birinchi liga. Birinchi bosqichda yaqqol peshqadamlik qilgan “SHo'rtan” haqida Yangiliklar

Birinchi liga. Birinchi bosqichda yaqqol peshqadamlik qilgan “SHo'rtan” haqida

Bugundan etiboran birinchi liganing poyoniga etgan birinchi bosqichiga oid, statistikalarni hukmingizga havola etib boramiz.
Mavsumning birinchi qismida yakka peshqadamlik qilgan G'uzorning “SHo'rtan” jamoasi biror marta ham mag'lubiyatga uchramasdan, barchani hayratlantirdi. Bu bilan Muxtor Qurbonov boshqaruvidagi jamoa haqiqatdan ham ligadagi raqiblaridan bir bosh ustunligini namoyon etdi. O'z oldiga kuchlilar safiga chiqishni maqsad qilib qo'ygach, nisbatan tajribali futbolchilarni o'z tarkibiga jamlagan g'uzorliklarning birinchi bosqichdagi yirik g'alabalari soni ham ko'p bo'ldi. Boshqacha aytganda “SHo'rtan” raqiblari darvozasiga xohlaganicha to'p kiritdi.



Birinchi bosqich o'yinlarida hujumchi Viktor Klishin o'zini ko'rsatdi. 32 yoshli futbolchi oldingi chiziqda o'ziga bildirilgan ishonchni to'la oqladi va sermahsulligi bilan ajralib turdi. Klishin ortda qolgan birinchi bosqichda o'z hisobiga 28ta gol yozdirib qo'ydi.



SHuningdek darvozabon Eldor Tojiboevga ham alohida to'xtalib o'tmasa bo'lmaydi. Boisi butun yarim mavsum davomida g'uzorliklar darvozasini qo'riqlagan posbon o'z ishini yaxshi bajardi. “SHo'rtan”ning 22ta o'yinda atiga 9ta gol o'tkazib yuborgani ham natijalar qanday bo'lganini ko'rsatib turibdi. Albatta Tojiboevning ham hissasi katta bo'ldi deyish mumkin.

Ko'ramiz, ikkinchi bosqichda ham bu jamoa etakchilik qila olarmikin?

Kim qancha gol urdi?

Futbolchi

Gol

pen.

Viktor Klishin

28

(2)

Aleksandr Vostrikov

12

 

Jamshid Hoshimov

5

 

Islom Karimov

4

 

SHavkat Nasibullaev

4

 

Qahramon Muxammadjonov

3

 

Umarbek Eshmurodov

3

 

SHahzod Xursanov

3

 

Elyor Intizomov

3

 

G'ulomhaydar G'ulomov

2

 

Maqsud Mahmudov

2

 

Olim Karimov

2

 

Arayk Boboev

1

 

Botir Qodirqulov

1

 

Islom Karimov

1

 

Husniddin G'ofurov

1

 

Zohid Raupov

1

(1)




Quyida jamoaning birinchi bosqichda qayd etgan natijasi bilan batafsil tanishish imkoniyatiga ega bo'lasiz. 

O'yin

22

Umumiy gollar

77

Uyda

53 (68,83%)

Safarda

24 (31,17%)

O'tkazib yuborilgan gollar

9

Uyda

3 (33,33%)

Safarda

6 (66,67%)

Har bir o'yinda o'rtacha urilgan gollar

3,5

O'rtacha o'tkazib yuborilgan gollar

0,41

Uyda to'plangan ochkolar

31/33 (93,94 %)

Safarda to'plangan ochkolar

31/33 (93,94 %)

Eng yirik g'alabasi

9:0 – “G'allakor-Avtomobilchi”

Eng yirik mag'lubiyati

Mag'lubiyat bo'lmagan

Gol o'tkazib yubormagan o'yinlar

13 (59,09%)

Gol ura olmagan gollar

0 (0%)

Irodali g'alaba

0

Irodali durang

2

Irodasiz mag'lubiyat

0

Irodasiz durang

0

Yirik g'alabalar

12

Yirik mag'lubiyat

0

Avtogol (urgan/o'tkazib yuborgan)

1/0

Ogohlantirish (o'rtacha)

28 (1,27)

CHetlatish (ikkinchi sariq) – To'g'ridan to'g'ri/2JK

1 (0,05) - 1/0

Muxlislar tashrifi(jami/o'rtacha)

38832/1765


Islombek Rustambekov tayyorladi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика