So’nggi yangiliklar

20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  4 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  3 18:55Испания терма жамоаси бош мураббийи: "Ле Норман – Европанинг энг яхши ҳимоячиларидан бири"  1 18:24"Бавария" 14 ёшли Ямаль билан шартнома имзоламоқчи бўлган  2 17:56"Челси"га Англия футбол ассоциацияси томонидан 74 та айблов қўйилди  1 17:22Вадим Абрамов: "Андижон" Азмиддинов қизил карточка олгани учун биз билан ҳозир ўйнашга рози бўлмади"  16 16:52ЖЧ-2026 фаворитлари айтилди. Ўзбекистон қайси ўринда?  26 16:24Франция терма жамоаси собиқ дарвозабони фаолиятини якунлади  1 15:556 минг сиғимли стадион "Барса" – "Валенсия" учрашувини қабул қилади. Ла Лига рози  2 15:28"Реал" собиқ футболчиси Гонконгга кўчиб ўтди  0 14:54АПЛ топ-клублари "Барселона" вундеркиндини сотиб олмоқчи  5 14:27Чемпионлар Лигаси 2026/27 йилги мавсум финали Мадридда ўтказилиши мумкин  4 14:05Суперлига. "Насаф" — "Бухоро" 5:0  1

Birinchi liga. 8-turda kimning imkoniyati qanday? Yangiliklar

Birinchi liga. 8-turda kimning imkoniyati qanday?

Malumki bugun ikkinchi bosqichning 8-turidan o'rin olgan 5ta o'yin bo'lib o'tadi. Bo'lajak uchrashuvlar oldidan kimning imkoniyatini qanday baholaysiz?
Kecha turning ikki bahsi bo'lib o'tdi. “Alanga” – “Oq-tepa” bahsida toshkentliklar 2:1 hisobida zafar quchdi. Aytish lozimki, kosonliklar ketma-ket ikki o'yinda o'z maydonida mag'lub bo'ldi. Yodingizda bo'lsa, “NBU-Osiyo” ham o'tgan turda “Alanga”ni 2:1 hisobida mag'lub etgandi.

8-turning yana bir o'yini Samarqandda kechdi. “SHerdor” o'z maydonida  “NBU-Osiyo”ni qabul qilib g'alaba qozondi, 2:1.

Saytimiz orqali xabar berganimizdek, turning bitta o'yini boshqa kunga qoldirilgan. Yani “Orol” – “Istiqlol” uchrashuvi boshqa kuni o'tkaziladi.  Lekin PFL bu borada xozircha rasmiy xabar bermadi.

Bugungi o'yinlar haqida to'xtalib o'tamiz.
16:00. “Zomin” – “Qo'qon-1912”. 40x60
O'tgan turda mag'lubiyatga uchragan “Zomin”ni bugun ham jiddiy o'yin kutib turibdi. Oliy ligaga chiqishni ko'zlayotgan “Qo'qon-1912”dan muxlislari faqat g'alaba kutishmoqda. Lekin bu jamoaga ham oson bo'lmasligi turgan gap. Boisi zominliklardan har narsa kutish mumkin. Rustam Abdullaev jamoasi o'tgan turda “G'allakor-Avtomobilchi”ni arang kichik hisobda mag'lub etgandi. “Zomin” bugun o'z muxlislari qarshisida ochko yo'qotmaslik uchun borini beradi deb tahmin qilamiz.
 
16:30. “Xorazm” – “Paxtakor-2”. 60x40
Bu ikki jamoani bugungi kunda kayfiyati yuqori deya olmaymiz. Urganchliklar o'tgan turda o'z maydonida durang qayd etgan bo'lsa, “Paxtakor-2” “Orol” yirik hisobda mag'lub bo'lgan. Demak, bugun har ikki jamoa ham ochko yo'qotmaslikka urinadi. Tarkib borasida mezbonlar kuchliroq ko'rinsada, lekin o'yin bo'yicha yosh “paxtakorchilar” ham qolishmaydi. No'mon Hasanov jamoasi iloji boricha Urganchdan kamida durang bilan qaytishga harakat qiladi deb tahmin qilamiz.

16:30. “Mashal-2” – “UzDongJu”. 50x50.
Turning markaziy o'yinlaridan biri desak mubolag'a bo'lmas. G'alabaga bo'lgan imkoniyatlarini teng baholadik. Har ikki jamoa tarkibi ham mahalliy yoshlardan tashkil topgan. “Mashal-2” o'z maydonida osonlikcha raqibiga ochko ulashadigan jamoa emasligini barcha yaxshi biladi. Andijonliklar esa o'tgan turdagi mag'lubiyatdan keyin, to'g'ri xulosa chiqarib olgan bo'lsa ajab emas. Qolganini o'yin ko'rsatadi.  
 
16:45. “G'allakor-Avtomobilchi” – “Obod”. 40x60.
“G'allakor-Avtomobilchi” garchi o'z maydonida o'ynasada, mehmonlarning imkoniyati biroz yuqori ko'rinmoqda. CHunki g'allaorolliklarning bugungi raqibi “Obod” mavsumni ijobiy o'tkazmoqda. O'tgan turda bu Toshkent jamoasi “Zomin”ni ham mag'lub etib qaytgandi. Bugun ham Xayrulla Abdiev shogirdlari shubhasiz uch ochko olishga urinishadi. Lekin mezbonlar ham o'z muxlislari qarshisida osonlikcha taslim bo'lmasa kerak.
 
17:00. “SHo'rtan” – “Xotira-79”. 80x20
Bu o'yinda mezbonlarning katta ustunligini tahmin qildik. CHunki “Xotira-79” bugungi kunda u qadar kuchli emasdek tuyulmoqda. SHu bois Muxtor Qurbonov bugun zaxirada o'tirgan yoshlarni maydonga tushirib, ularga imkoniyat bersa ham ajablanmaymiz.
 

Islombek Rustambekov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика