So’nggi yangiliklar

19:17АПЛ. "Арсенал" ўз уйида "Ноттингем Форест"ни йирик ҳисобда таслим этди, Субимендидан дубль!  15 19:00Суперлига. "Пахтакор" – "Нефтчи" (матнли трансляция)  31 18:41"Реал Сосьедад" — "Реал Мадрид". Таркиблар маълум  7 18:00"Қўқон-1912" — "Қизилқум" 2:1 (матнли трансляция)  7 16:57Пепе Ла Лигада ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Вильярреал" форварди Ямал ва Мбаппени ортда қолдирди  0 16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  2 15:19ЎзЭл Классикосига превью  15 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  6 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  1 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  2 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  1 11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  6 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  15

Bir o'yin tarixi. Qatar - O'zbekiston 0:2 (to'liq tomosha qiling) Yangiliklar

Bir o'yin tarixi. Qatar - O'zbekiston 0:2 (to'liq tomosha qiling)

Yurtimizda ko'plab mamlakatlar qatori ichki chempionat, Superliga va boshqa sport turlari bo'yicha musobaqalar vaqtinchalik to'xtatilgan.

SHu bois ko'pchilik muxlislarning talab va istaklariga muvofiq terma jamoamizning 2011 yil Qatardagi Osiyo Kubogi birinchi uchrashuvini yodga olishga qaror qildik.

Malumki, milliy jamoamiz ushbu turnirda tarixdagi eng yaxshi natijani qo'lga kiritgan. Vadim Abramov shogirdlari birinchi qadamni turnirning ochilish o'yinida Qatar terma jamoasiga qarshi kechgan bellashuv bilan boshlagan.

Mazkur uchrashuvdan oldin ko'pchilik mezbonlarni imkoniyatini yuqori baholadi. Qatar tarkibida urugvaylik, ispaniyalik mahalliylashtirilgan futbolchilar ancha vaqtdan beri to'p tepardi. Fabio Sezar, Pedro Migel, Sebastyan Kuintana va hokazo. Bosh murabbiy o'z davrida Senegalni mundial sari etaklay olgan Bruno Metsyu edi. Franciyalik mutaxassis bunga qadar ikki bor terma jamoamizga ro'baro' kelgan. Aniqrog'i, JCH-2010 saralash bosqichida ham Qatarga ustozlik qilgan. Vadim Abramov esa olimpiya terma jamoasini Pekin 2008 Olimpiadasiga saralashida boshqargan.

Uning uchun Osiyo kubogi ilk yirik rasmiy turnir sanalardi. Hayajon va bosim keragidan ikki hissa ko'proq yuzaga kelgandi. Boisi, o'yin ochilish maqomiga ega, barchaning nigohi maydonga qaratilgan. Tarkib va futbolchilarning joylashuvi noodatiy tarzda bo'ldi. Yarim himoyachi Odil Ahmedov Anzur Ismoilov bilan birgalikda markaziy himoyaga qo'yildi. Viktor Karpenko, Sahob Jo'raev qanotdan o'rin oldi. Temur Kapadze, Aziz Haydarov, tayanch zonasida. Server Jeparov boshqaruvchi jamoa sardori rolida Jasur Hasanov, Maksim SHackix, Aleksandr Geynrix hujum uchligini hosil qilgandi. Odil Ahmedovni orqaroqqa qo'yilishi sababini Abramov keyinchalik o'z intervyularida birinchi pasni bera oladigan himoyachi yo'qligi bilan izoxlagandi. Vaholanki qaydnomada SHavkat Mullajonov ham borligini ko'rishimiz mumkin edi. Birinchi bo'limda ikki jamoa ham ochiq futbol ko'rsatishga urindi.

Biznikilardan Jasur Hasanov tezlik bilan raqib himoyasini yorib o'tishga qaratilgan harakatlari samara keltirmadi. Geynrixning o'zi bir nechta havfli vaziyatlar yaratdi. O'yinning birinchi yarimida ustunlik terma jamoamiz tomonida bo'ldi. Biroq, bu ustunlik hisobda aks etgani yo'q. Bo'lim yakuniga etishiga oz fursat qolganda raqib futbolchisi Fabio Sezar amalga oshirgan jarima zarbasini golga aylanishiga darvoza ustuni halal berdi.

Ikkinchi bo'lim ham terma jamoamizning ketma-ket hujumlari bilan boshlandi. 59-daqiqada qanotdan uyushtirilayotgan hujum markazga ko'chdi. Karpenko to'pni ochiq turgan Aziz Haydarovga uzatdi, uning yonida turgan Odil Ahmedov to'pni qabul qilib olib chamasi 35 metrlardan Qosim Burhon qo'riqlayotgan darvozani aniq nishonga oldi - 1:0. "Ishtaha ovqat payti ochiladi" deganlaridek, goldan ruhlangan futbolchilarimiz bosimni oshirishdi. Zaxiradan maydonga tushgan Sanjar Tursunov raqib jarima maydoniga kirib ikkinchi golni urib raqibni chorasiz ahvolda qoldirishi mumkin edi. 77-daqiqada qatarlik himoyachilarning yo'l qo'ygan qo'pol xatosini Server Jeparov kechirib o'tirmadi va barchasiga nuqta qo'ydi - 2:0.

Qatar-O'zbekiston 0:2
07.01.2011. Doxa. "Xalifa" stadioni. 37143 tomoshabin.
Bosh hakam:
Yuichi Nishimura(Yaponiya)
Gollar: Odil Ahmedov 59, Server Jeparov 77.
O'zbekiston: Ignatiy Nesterov, Anzur Ismoilov, Odil Ahmedov, Sahob Jo'raev (Stanislav Andreev 54), Viktor Karpenko, Aziz Haydarov, Temur Kapadze, Server Jeparov, Jasur Hasanov (Sanjar Tursunov 66), Aleksandr Geynrix (Olim Navkarov, 66), Maksim SHackix.



Reyting: +21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика