So’nggi yangiliklar

19:18Кроос "Реал"га қайтяпти  2 19:05Суперлига. "Динамо" - "Навбаҳор" 0:1 (матнли трансляция)   6 18:45Ўзбекистон терма жамоасининг машғулоти Сречко Катанец назорати остида ўтади  17 18:25Про лига. Бешимовнинг голи "Қўқон-1912"га ғалаба тақдим этди  2 17:26Пранкер ўйиндан олдин МЮ кийиниш хонасига эшитиш мосламаси ўрнатди  3 16:29Коул Палмер: "Месси ёки Роналду?"  11 14:19Тебас: "ЛаЛига ва АПЛ ФИФАни судга бермоқчи"  3 13:46Балотелли: "А Серияни "ёриб" ташлайман"  6 13:13"Барселона" ФИФАдан 6,3 млн. евро олади  2 12:23Антонио Кассано: "Мен ҳеч қачон ичмаганман ва чекмаганман. Фақат битта ёмон одатим бўлган: очкўзлик"  5 12:06"Навбаҳор" собиқ устози: "Тухель Саутгейтдан кўра мосроқ"  4 11:29БАА бош мураббийи: "Ўзбекистонга қарши қийин ўйин кутиб турибди"  17 11:07Биласизми? Ўзбекистон - БАА учрашувини Осиё кубоги финалида 3та пенальти белгилаган ҳакам бошқаради  26 10:41Клоппнинг "Ред Булл"даги ойлиги маълум   1 10:17Лионель Месси Ўзбекистон ёшлари билан кўришди. Муҳаммадали Ўринбоев эса "жек"ни урди   8

Bir o'yin tarixi. O'zbekiston - Mo'g'uliston 15:0 Yangiliklar

Bir o'yin tarixi. O'zbekiston - Mo'g'uliston 15:0

Loyihamizning avvalgi sonlarida O'zbekiston terma jamoasining tarixdagi eng yirik mag'lubiyati haqida fikrlashgan edik.

Bugun esa Mo'g'uliston terma jamoasi ustidan qozonilgan eng yirik 15:0 hisobidagi g'alabani yodga olamiz. Aslida qanday bo'lgandi? Gollarni kimlar urgan? Bu haqda batafsil quyida so'z boradi.

Franciyadagi mundialga yo'llanmani boy berib qo'ygan terma jamoamizni galdagi jiddiy va rasmiy musobaqa kutib turardi. Boshqaruvni o'z qo'liga olgan braziliyalik Vega Da Silva Tailanddagi Osiyo o'yinlariga futbolchilarni tayyorlaydi.

Mazkur turnirda futbolchilarimizning imkoniyatlari yuqori chamalandi. CHunki, vakillarmiz amaldagi chempion sifatida tashrif buyurishayotgandi. To'rt yil oldin ilk bor musobaqada qatnashgan jamoamiz barchani lol qoldirib oltin medallar bilan yurtimizga qaytishgani hali esadan chiqib ulugurmagandi. Ammo, 1998 yilgacha rahbariyat, murabbiylar shtabi, futbolchilar ko'p narsa o'zgarib ketganini unutmaslik joiz. Har holda avvalgi irodali jamoadan deyarli biron-bir narsa qolmagan edi.

Qura natijalariga ko'ra jamoamiz Kuvayt va Mo'g'uliston bilan “G” guruhida joy oldi. Ilk turda jamoamiz Kuvayt bilan 3:3 hisobida durangga imzo chekdi.

So'ngra Kuvayt Mo'g'ulistonni 11:0 hisobida taslim qildi. O'sha musobaqada guruh ikki bosqichdan iborat edi. Bizdan guruhdan ikkita jamoa keyingi guruh bosqichga chiqardi. Biroq birinchi o'rinni egallash juda ham muhim edi. SHu bois terma jamoamiz so'nggi turda Mo'g'ulistonni kamida 12 to'p farqi bilan mag'lub etishi kerak edi. O'sha o'yinga qadar O'zbekistonning eng yirik g'alabasi Kambodja ustidan qo'lga kiritilgan 6:0 edi.

Mo'g'uliston bilan bellashuvga jangovar ruhda chiqib kelgan hamyurtlarimiz ilk daqiqalardanoq mo'g'ulistonliklar darvozasi tomon hujumlar yomg'irini yog'dirishni boshlashdi. Birinchi bo'limni o'zida raqib darvozasiga 10ta gol urdik. Ochig'i raqib deyarli qarshilik ko'rsatmagan edi.

Ko'pchilik o'sha uchrashuvda Mo'g'uliston o'zining saviyasidan ham pastroq darajada o'ynaganini aytadi. Sergey Lebedov to'rtta, Igor SHkvirin uchta, Nematulla Quttiboev ikkita, Andrey Akopyanc bitta gol urib hisobni yirik ko'rinishga keltirishadi. Ikkinchi bo'limda esa Mirjalol Qosimov uch bor, Quttiboev bitta, SHuhrat Rahmonqulov bitta gol urib raqib darvozasi to'rini titratadi. Hisob bundan ham yirik bo'lishi mumkinligi haqida keyinchalik ko'p o'yinchilar takidlashgan. Faqat, murabbiy raqibni hurmat qilishni buyurgan.

Mazkur bosqichdan so'ng terma jamoalar to'rttadan yana guruhlarga bo'linadi. Unda jamoamiz KXDR, Hindiston, Turkmaniston kabi termalarning to'sig'idan o'tib chorak finalga yo'llanmani qo'lga kiritadi. Ammo, yarim final ostonasida Ali Dai etakchiligidagi Erondan tarsaki qabul qiladi va yirik 0:4 hisobidagi mag'lubiyatni tan olishga majbur bo'lgandi.

Osiyo o'yinlari–1998. Guruh bosqichi.
O'zbekiston – Mo'g'uliston 15:0
05.12.1998. CHiangmay. “700 yillik yubiley” stadioni. 1000 tomoshabin.
Bosh hakam
: Allabergen Sapaev (Turkmaniston)
Gollar: Sergey Lebedov 7, 18, 38, 45, Igor SHkvirin 9, 15, 20, Andrey Akopyanc 23, Nematulla Quttiboev 29, 33, 47, Mirjalol Qosimov 53, 57, 77, SHuhrat Rahmonqulov 83.
O'zbekiston: Oleg Belyakov, Andrey Rezancev (Mirjalol Qosimov ,46), Andrey Fyodorov, Sergey Lushan, Nikolay SHirshov, Aleksandr Sayun (SHuhrat Rahmonqulov, 32), Sergey Lebedov, Rashid G'ofurov, Andrey Akopyanc, Igor SHkvirin (Aleksey Semyonov, 62), Nematulla Qutiboev.
Bosh murabbiy: Ubiraja Vega da Silva


Abdulaziz Iskandarov tayyorladi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика