So’nggi yangiliklar

16:06Португалия — йилнинг энг яхши терма жамоаси  0 15:41Фарғона вилояти футбол клублари ўртасида ҳамкорлик меморандуми имзоланди  1 15:15Тони Кроос тарихдаги энг улуғ мураббийни айтди  1 14:4938 ёшли Кавани фаолиятини тугатмаган. Ҳаммаси 28 декабрь ҳазили бўлиб чиқди  1 14:22Владимир Йовович "Андижон"га ўтадими? Футболчининг ўзи жавоб берди  2 13:55Манба: Суперлига-2026да апрель ойи ҳақиқий "боксинг дэй"га айланади  8 13:29U-23 Осиё Кубоги олдидан: рақиблар ва имкониятлар  5 13:07Кавани бутсаларини михга илди  18 12:40"Қўқон-1912" қисқа муддатли таътилга чиқди  1 12:16Уоткинс: "Эмери — тактик даҳо"  4 11:48Одил Абдумажидов: "Андижонда – яқинларим кўз ўнгида тўп тепиш бошқача завқ бағишлайди"  0 11:21Каннаваро Ўзбекистон МТЖ футболчисининг ўйинини стадиондан томоша қилди  10 10:55"Хоразм" яна уч нафар футболчиси билан янги шартномалар имзолади  5 10:31"Нефтчи" яна уч нафар футболчиси билан шартномани узайтирди  9 10:16Трансфермаркт нашри 2025 йилда энг кўп нархи тушган футболчилардан иборат рамзий терма жамоани тузиб чиқди  0

Bir o'yin tarixi. Abramovning ilk sovrini. Bora Milutinovich Olmaliqqa nega kelgandi? Yangiliklar

Bir o'yin tarixi. Abramovning ilk sovrini. Bora Milutinovich Olmaliqqa nega kelgandi?

O'zbekiston kubogi finallarini yodga olishda davom etamiz.

2014 yilgi O'zbekiston kubogi finalida "Lokomotiv" va "Bunyodkor" jamoalari sovrin uchun bellashishgan. 

Bilasiz, odatda finallar, markaziy va hal qiluvchi uchrashuvlar poytaxtda o'tkazilardi. Lekin, bu safar PFL o'zining ananasidan voz kechgan holda mamlakat kubogi finali mezbonligini Olmaliq shahriga ishonib topshiradi. Umumiy hisobda AGMK jamoasining uy stadioni shu yili ikkinchi bor katta uchrashuvni o'zida qabul qilayotgandi. Birinisi may oyida Ummonga qarshi o'rtoqlik o'yini edi. Yakuniy hal qiluvchi pallagacha “Bunyodkor” “Nasaf”ni, “Loko” esa “sherlar”ni turnirdan chiqarib yuborgani etiborga molikdir. Mutasaddilar finalni boshqarish uchun odatdagidek Ravshan Ermatovni emas, balki chetdan yani koreyalik taniqli hakam Kim Dong Jinni taklif qilishadi.



Bahsning ahamiyati nihoyatda yuqori sanalardi. Boisi, “Lokomotiv” chempionlik yo'lida “Paxtakor”ga imkoniyatni boy berib qo'ygan, “Bunyodkor” esa tarixidagi eng yomon ko'rsatgich to'rtinchi o'ringa tushib sovrindorlar qatoridan joy ololmagandi. SHuning uchun ikkala jamoa murabbiylari bor etiborlarini finalga qaratishgandi. Bellashuvni kuzatish uchun shu kuni ko'plab muxlislar, futbolimiz rahbarlari va taniqli shaxslar tashrif buyurgandi. Ular orasida serbiyalik mashhur mutaxassis Bora Milutinovich ham borligi nimanidir anglatardi. Aniq malumot emasku, lekin o'sha paytlarda terma jamoamiz va Mirjalol Qosimovga xorijdan maslahatchi murabbiy kelayotgani haqila xabarlar bong urardi. Bu aftidan Milutinovich degan taxminlar ham paydo bo'lgandi. Biroq, murabbiy bahsdan so'ng bu malumotlarni inkor qildi. Finalda favorit va ustunlik biroz bo'lsada Abramov shogirdlari tomonida edi. Ikkinchi davrada bir qator tajribali va mahoratli futbolchilar Geynrix, Mullajanov, Rahmatullaev, SHog'ulomov kabilar bilan kuchaygan “temiryo'lchilar”dan rahbariyat chempionlikni kutgandi. “Bunyodkor” esa Sergey Lushan kelgach ko'proq yoshlarga tayanadigan bo'ldi. Buning natijasida Doston Hamdamov, Akrom Komilov, Zabixillo O'rinboevlar katta futbolda debyut qilishdi. Lekin, klubdagi ayrim futbolchilar o'shanda Lushanning ishidan va munosabatidan noroziligi haqida eshitgandik.



Ichki muhit yaxshi emasligi haqida Oleksandr Pishur Ukraina nashriga bergan intervyusida takidlagandi. Muxlislarning umidi esa tarkibdagi yagona yulduz Sardor Rashidovdan edi. SHu kuni uni raqib safidan ikki futbolchi qo'riqlab yurgan, imkoniyat bermagandi. Bellashuv tengma-teng kurashlar ostida kechardi, Geynrixni esa himoyachilar ko'zdan qochirib yubormaslikga harakat qilardi. Lushan tarkibda o'zgarishlar qilish maqsadida o'zining shogirdlari Komilov, Hamdamov, O'rinboevlarni tushirib burilish yasamoqchiligini sezish qiyin emasdi. Ular Kutilganidek o'yinni kuchaytira olmaydilar. Abramov esa bu borada shoshilmaydi. Raqibni kuchidan va taklif qilayotgan o'yinidan kelib chiqib ish tutadi. Asosiy bo'limlarda ikkita o'zgarishdan foydalangan Abramov, overtaymlarda Marat Bikmaevni zaxira quroli sifatida tashlaydi. Aynan Bikmaev to'pga ilk bor teginishida Hasanovga ajoyib pas uzatadi, Jasur darvozabon bilan birga bir vaziyatda to'pni darvozaga joylab qo'yadi - 0:1. "Bunyodkor" qolgan daqiqalarda hisobni tenglashtirishga harakat qiladi, 119-daqiqada uchrashuv qahramoni Hasanov

"Lokomotiv" o'z tarixida ilk bor mamlakat kubogini qo'lga kiritadi, “Bunyodkor” esa uchinchi bor finalda kubokni qo'ldan boy beradi.



O'zbekiston kubogi-2014. Final.
“Bunyodkor” – “Lokomotiv” – 0:1
12.11.2014. Olmaliq. OKMK stadioni. 8057 tomoshabin.
Bosh hakam
: Kim Dong Jin (Janubiy Koreya).
Gol: Jasur Hasanov 106.
CHetlatish: Jasur Hasanov 119.
“Bunyodkor”: Akbar To'raev, Ivan Miloshevich, Akmal SHorahmedov (Akrom Komilov, 46), Oleg Zoteev (Dostonbek Hamdamov, 101), Anvar G'ofurov, Xayrullo Karimov, Samir Bekrich, Sato Minori, Sardor Rashidov, Javlon Ibrohimov, Vohid SHodiev (Zabixillo O'rinboev, 74).
Bosh murabbiy: Sergey Lushchan.
“Lokomotiv”: Ignatiy Nesterov, Salim Mustafoev, Islom To'xtaxo'jaev, Bobur Yo'ldoshev, SHavkat Mullajonov (Ibrohim Rahimov 61), Sadriddin Abdullaev (Jasur Hasanov), Fozil Musaev, Dilshod Rahmatullaev, Lutfulla To'raev, Alisher SHog'ulomov (Marat Bikmaev 106), Aleksandr Geynrix.
Bosh murabbiy: Vadim Abramov.





Abdulaziz Iskandarov tayyorladi 

Uchrashuv fotolarini taqdim etgani uchun O'FA fotografi Hasan Pirmuhammedovga minnatdorchilik bildiramiz.


Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика