Bilasizmi? O'zbekiston - BAA uchrashuvini Osiyo kubogi finalida 3ta penalti belgilagan hakam boshqaradi
12 okt 2024 11:07
Yangiliklar
Bilasizmi? O'zbekiston - BAA uchrashuvini Osiyo kubogi finalida 3ta penalti belgilagan hakam boshqaradi
OFK mazkur uchrashuvga xitoylik Ma Ning boshchiligidagi hakamlarni tayinlagan. Bu hakam yanvar oyida Qatarda o'tgan Osiyo kubogi final uchrashuvini boshqargan va Qatar foydasiga 3ta penalti belgilagan edi. Finaldan keyin ijtimoiy tarmoqlarda Akram Afif va bosh hakam turli memlar qahramoniga aylangan edi.
45 yoshli Ma Ning faoliyati davomida O'zbekiston milliy terma jamoasi ishtirokidagi o'yinlarda bosh hakam bo'lmagan ekan. Lekin klublarimiz ishtirokidagi bir qator uchrashuvlarda ishlashga erishgan:
"Paxtakor" - "Al Taavon" (S.Arabistoni) 5:4
"Nasaf" - "Al Sadd" (Qatar) 3:1
"Lokomotiv" - "Al Rayan" (Qatar) 3:2
"Paxtakor" - "Al Jazira" (BAA) 3:0
"Zob Ohan" (Eron) - "Bunyodkor" 5:2
"Nasaf" - "Al Ahli" (S.Arabistoni) 2:1
"Fulad" (Eron) - "Lokomotiv" 1:0
Malumot uchun, bu hakam 2018 yil Xitoyda o'tgan U-23 Osiyo kubogi finali doirasidagi O'zbekiston - Vetnam (o'sha mashhur qor jangi) uchrashuvida bosh hakam bo'lishi kerak edi. Ammo sog'ligi tufayli zaxira hakami vazifasini bajargan. Bazi manbalarda Ma Ning o'sha uchrashuv bosh hakami bo'lgan deb yozilgan ammo videolardan ko'rish mumkinki uchrashuvni o'monlik hakam Ahmad Al Kaf boshqargan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Португалия ЖЧ йўлланмасини қўлга киритганидан сўнг Роналду қисқа фикр билдирди
Fikrlar