"Betis"ga qarshi bahsda "Real" safida 12 futbolchi maydonga tushdi (foto)
22 sen 2017 12:42
Yangiliklar
"Betis"ga qarshi bahsda "Real" safida 12 futbolchi maydonga tushdi (foto)
Madridning "Real" klubi "Betis"ga qarshi LaLiganing 5-tur uchrashuvida maydonga 12 nafar futbolchini tushirdi.
Bahs yakunlanishiga 20 daqiqa qolganida "Qirollik klubi" ustozi Zinedin Zidan ikki futbolchini almashtirishga qaror qildi. Jarohat olgan Marselo o'rniga Vaskes maydonga tushdi, Luka Modrich esa o'rnini Mayoralga bo'shatishi kerak edi. Biroq asabiylashayotgan "qaymoqranglilar" o'zini yo'qotib qo'ydi va Modrich maydonni tark etmadi.
Uchrashuv bosh hakami Mateo Laos tezda vaziyatga oydinlik kiritdi va "Real" futbolchilarini sanay boshladi va maydonda "Qirollik klubi"ning 12 futbolchisi bor ekanligini bilib, Modrichni zaxira o'rindig'iga borishni so'radi.
Eslatib o'tamiz, "Real" ushbu bahsda "Betis"ga 0:1 hisobida mag'lub bo'ldi.

championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
Breaking! Ўзбекистоннинг ЖЧдаги рақиби Португалия Эрон билан ўйнайди
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Fikrlar