So’nggi yangiliklar

15:02МЮ 115 млн фунтлик трансфердан воз кечди  1 14:31"Галатасарой" Эдерсоннинг трансфери бўйича "Ман Сити" билан расмий музокараларни бошлади  2 14:00Игорь Шквирин: "Бизга хорижлик мураббий керакми-йўқми? Қарорни ҳозир қабул қилиш лозим. Кападзеда тажриба кам, аммо..."  16 13:30Суперлига. "Нефтчи" учун Наманган — "қўрқинчли" маконми?  8 13:16"Рома" Конени "Интер"га сотмайди. Гасперини хавбекка умид қилмоқда  0 12:45Лёвдан рад жавобини олган Ўзбекистон УЕФА кубогини қўлга киритган мураббийга таклиф билан чиқди  46 12:32Тимур Кападзе Ўзбекистон терма жамоасида қолиши керакми? Алишер Никимбаевнинг фикри  11 12:01"Пахтакор" "Сўғдиёна"ни қийинчиликсиз мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 11:40"Бавария" Симонсни сотиб олмоқчи  0 11:05Павар Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  1 10:41Люпчо Дориев "Пахтакор"га қарши ўйин, голсиз серияси ва нега 14-рақамни ёқтириши ҳақида гапирди  2 10:18Превью. Мусобақа етакчиси чемпионат аутсайдерига қарши баҳсида ким ғолиб бўлади?  5 09:47Аморим "Спортинг"даги шогирдини МЮга олиб келмоқчи  2 09:23Превью. Абрамовнинг "Динамо"си Қосимовнинг ОКМКсини меҳмон қилади  13 08:56Слот кечаги ғалабдан сўнг нималар деди?  9

Benjamin Uilyams O'zbekiston uchun omadli hakammi? Yangiliklar

Benjamin Uilyams O'zbekiston uchun omadli hakammi?

Xabaringiz bor, O'zbekiston va Saudiya Arabistoni o'rtasidagi uchrashuvni avstraliyalik Benjamin Uilyams boshchiligidagi hakamlar boshqarib borishadi.
Ushbu hakam O'zbekistonning turli yoshdagi terma jamoalari ishtirokidagi o'yinlarda 5 marta ishlagan.

2007 yil Olimpiada-2008 saralashi doirasidagi Janubiy Koreyaga qarshi bahsda vakillarimiz 1:2 hisobida mag'lub bo'lishgan. O'sha bahsda Uilyams ishlagan va ikki nafar futbolchimizga qizil kartochka ko'rsatgandi.

2008 yil 19 yoshli futbolchilar o'rtasidagi Osiyo chempionati chorak finalida Ahmad Ubaydullaev boshchiligidagi O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Xitoy bilan to'qnash kelgan. Avstraliyalik hakam bu safar Doniyor Usmonovni chetlatgan, jamoamiz esa penaltilar seriyasida g'alabaga erishgandi.

2010 yilgi Osiyo o'yinlari 1/8 finalida O'zbekiston Qatarni 1:0 hisobida mag'lub etgan. Bu safar Uilyamsning qadami biz uchun qutlug' kelgan.

JCH-2014 saralashi to'rtinchi bosqichida Janubiy Koreya bilan Toshkentdagi bahsda 2:2 hisobi qayd etilgan.

Pley-off doirasidagi Iordaniyaga qarshi javob o'yinida 1:1 hisobi qayd etilgan va penaltilar seriyasida yutqazib qo'yganmiz.

Bundan tashqari bu hakam "Paxtakor" klubi ishtirokidagi bitta o'yinda ham ishlagan. 2009 yilgi Osiyo chempionlar ligasi chorak finalida "sherlar" Toshkentda Saudiya Arabistoning "Al Ittihod" klubi bilan durang o'ynashgan - 1:1.

Uilyams "Bunyodkor"ning 6ta o'yinida faoliyat yuritgan. Quyida barcha natijalar keltirilgan:
"Al Ittifoq" - "Bunyodkor" 4:0
"Bunyodkor" - "Al Ittihod" 3:0
"Al Hilol" - "Bunyodkor" 3:0
"Al Vahda" - "Bunyodkor" 1:1
"Buriram" - "Bunyodkor" 2:1
"Al Hilol" - "Bunyodkor" 3:0

Ertangi O'zbekiston va Saudiya Arabistoni o'rtasidagi o'yindan keyin hakamlik haqida umuman yozmaslikka umid qilamiz. Barchasini futbolchilarning o'zi hal qilsin.

Narzulla Saydullaev
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика