Benzema klublar o'rtasidagi JCH finalida o'ynaydimi?
09 fev 2023 15:42
Yangiliklar
Benzema klublar o'rtasidagi JCH finalida o'ynaydimi?
Madridning "Real" klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti klublar o'rtasidagi Jahon chempionati yarim finali doirasidagi "Al Ahli"ga qarshi o'yindan (4:1) keyin Karim Benzema va Eder Militaoning jarohati haqidagi savolga javob berdi.
Har ikki futbolchi "Al Ahli"ga qarshi o'yinni o'tkazib yubordi. "Real" futbolchilarni davolanish uchun Madridda qoldirishga qaror qildi, ammo ular musobaqa uchun qaydnomada mavjud.
"Karim to'liq sog'lom, ammo Militaoning ishtiroki so'roq ostida. Ular juma kuni mashg'ulot o'tkazishadi va biz ularning holatini ko'rib chiqamiz. Karvaxal qaytadi, uning isitmasi bor edi. Asensio esa tiklanmoqda", – dedi Anchelotti.
"Qaymoqranglilar"ning "Al Hilol" bilan to'qnash keladigan final o'yini 11 fevral kuni bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Эрлинг Ҳоланд Криштиану Роналдуни қувиб ўтиб, АПЛ рекордини янгилади
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
Fikrlar