Bellingem Angliyaga qaytishdan ko'ra "Real"ga o'tishni afzal ko'rmoqda
22 dek 2022 14:23
Yangiliklar
Bellingem Angliyaga qaytishdan ko'ra "Real"ga o'tishni afzal ko'rmoqda
Jud Bellingem "Real"ga o'tmoqchi.
"AS" xabariga ko'ra, Madrid jamoasiga o'tish "Borussiya" yarim himoyachisi uchun ustuvor variant hisoblanadi. Futbolchi bu variantni Angliyaga qaytishdan ko'ra afzal deb bilyapti. Unga "Manchester Yunayted", "Manchester Siti" va "Liverpul" davogarlik qilmoqda.
Bir vaqtlar Bellingem "Birmingem"dan "Borussiya" Dortmundga o'tishga qaror qilgandi, chunki u rivojlanish uchun o'z uyidan ko'ra chet elda ko'proq imkoniyatlarga ega bo'lishini o'ylagan. Bu borada xavbekning fikri o'zgarmadi.
Futbolchining transfer bo'yicha kelishuvi "Real"ga o'tish jarayonini osonlashtirishga yordam beradi – madridliklar katta pul taklif qiladigan boshqa klublar bilan kurashishlari shart emas. Biroq Jud baribir taxminan 120 million evro to'lashi lozim.
19 yoshli yarim himoyachi joriy mavsum Bundesliganing 15 ta o'yinida 3 ta gol urdi va 2 ta golga pas uzatdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Fikrlar