So’nggi yangiliklar

17:49Расман: Улуғбек Ҳошимов – "Динамо" футболчиси  0 17:11Лапортнинг Европага қайтиш эҳтимоли юқори  0 16:42Лофтус-Чик: "Бизга Модричнинг тажрибаси керак"  0 16:18АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 15:51"Реал" Винисиус билан шартнома бўйича музокараларни қайта бошламоқчи  1 15:24"Атлетико" "Челси"нинг португалиялик футболчисини ўз сафига қўшиб олмоқчи  0 14:57"Бавария" Диаснинг трансфери амалга ошмаган тақдирда, бошқа ўйинчиини кўзлаб қўйди  0 14:28"Реал" Рейньер билан шартномани бекор қилиши мумкин  0 14:01Бернардески АҚШдан Италияга қайтди  0 13:33Ўзбекистон U-18 Тошкентда йиғин ўтказади. Таркиб маълум  5 13:03"Ливерпуль" 90 млн евро эвазига ҳужумчи харид қилиши мумкин  6 12:38Де Бруйне "Наполи"да нечинчи рақамни олди?  1 12:14"Манчестер Юнайтед" Бундеслигадаги ҳужумчини ўз сафига қўшиб олмоқчи  3 11:32"Интер"нинг асосий трансфер мақсади маълум қилинди  0 11:07Тома Табатадзе "Бухоро"га ўтиши мумкин  3

Belgiyalik mutaxassis Kris van Puyvelde O'FF prezidenti Umid Ahmadjonov bilan uchrashdi Yangiliklar

Belgiyalik mutaxassis Kris van Puyvelde O'FF prezidenti Umid Ahmadjonov bilan uchrashdi

Belgiya futbol federaciyasida Texnik bo'lim boshlig'i Kris van Puyvelde hamda hamda "Anderlext" futbol klubining Skautlar bo'limi boshlig'i Bekir Tedek yanvar oyida yurtimizga tashrif buyurishi haqida avval xabar berib o'tgandik.

Bugun Kris van Puyvelde o'z yordamchilari Bekir Tedek va O'zkilich Kemal bilan birgalikda O'zbekiston futbol federaciyasi prezidenti Umid Ahmadjonov bilan uchrashib, O'FF va Belgiya Futbol Federaciyasi o'rtasidagi bolalar-o'smirlar hamda ommaviy futbolni rivojlantirish bo'yicha hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yish bo'yicha suhbat olib bordi.


Suhbat chohida O'zbekistonda bolalar-o'smirlar futbolini rivojlantirishning yangi modeli, rivojlantirish loyihasining 4 ta mintaqaga bo'lib, ularga alohida xorijlik texnik direktorlarni jalb qilish, O'zbekiston Futbol Federaciyasida Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi futbolning rivojlanishini monitoring qiladigan va buning uchun javob beradigan Texnik direktor tayinlash, bolalar futboli va ommaviy futbolni rivojlantirish bo'yicha Belgiya taraqqiyot modelini va tajribasini O'zbekistonda tadbiq qilish, yurtimizdagi musobaqalar va futbol tadbirlarida skauting, yani selekciya ishlarini takomillashtirishda Belgiya va Evropa mamlakatlari tizimini yo'lga qo'yish, O'zbekistondagi iqtidorli va istedodli yosh futbolchilarni tanlab olib, Belgiya va Evropa mamlakatlarining katta futbol akademiyalari va professional jamoalariga yuborish masalalari xususida so'z bordi.


Belgiyalik mutaxassis 19 yanvarga qadar yurtimizda bo'lib, bolalar futbolini rivojlantirish, murabbiylar tayyorlash, selekciya bo'yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar bilan tanishadi.

SHuningdek, Kris van Puyvelde "Paxtakor", "Lokomotiv", "Bunyodkor" stadionlariga tashrif buyurib, bu erdagi infratuzilma, yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishi rejalashtirilgan.

Reyting: +29   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика