Belerin "Roma"ga yo'l olishga yaqin
05 dek 2022 11:42
Yangiliklar
Belerin "Roma"ga yo'l olishga yaqin
"Barselona" futbolchisi Ektor Belerinning Rim klubiga o'tishi haqidagi xabar yana jonlandi.
Italiya klubi jamoa ustozi Joze Mourinyu bilan kelishmovchiligi tufayli jamoani tark etish arafasida turgan Rik Karsdorp o'rniga nomzodlarni ko'rib chiqmoqda.
Ular orasida Kataloniya klubi himoyachisi Belerin ham bor. "Ko'k-anorranglilar" tarkibida ko'proq daqiqalarga ega bo'lish uchun kurashayotgan ispaniyalik himoyachi ko'plab vositachilar tomonidan A Seriya klubiga taklif etilgan.
Ektor Belerin "Real Madrid" azosi Alvaro Odriosola bilan poytaxt klubiga o'tish uchun raqobat sharoitida turibdi.
Belerin iyun oyida erkin agentga aylanadi, Odriosolaning narxi esa ancha yuqori.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" Вальверденинг хет-триги эвазига "Манчестер Сити"ни мағлуб этди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Суперлига. "Насаф" сўнгги дақиқаларда урилган гол эвазига "Динамо" билан дуранг ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" — "Манчестер Сити" 3:0
Fikrlar