So’nggi yangiliklar

17:35Доннарумма — ФИФА талқинига кўра 2025 йилнинг энг яхши дарвозабони  0 17:09Мирзаҳаким Тўхтамирзаев футбол шарҳловчилигига қандай кириб келганини айтди  2 16:37Мукофот жамғармаси — 1 миллиард сўм. United MFL — Ўзбекистондаги биринчи медиа футбол лигаси ташкил этилмоқда  3 16:31МЮ 40 млн фунтлик хавбекка кўз тикди  0 15:58"Бухоро" Табатадзенинг голи эвазига "Арал"ни ютиб, Суперлигада қолди!  30 15:39Суперлига-2025: мавсум якунлари — дубллар ёмғирдек ёғди, хет-трик эса...  2 15:18Расман: ОКМК ҳужумчиси Таиланд жамоасига ўтди  1 14:57Суперлига кашфиётларидан бири муваффақиятли операция қилинди  1 14:35Норчаев бугун Германияда операция қилинади  1 14:15Эшитдик-да! "Сурхон" футболчиси "Локомотив"га ўтди  0 13:39Шомуродов рамзий жамоадан жой олди  3 12:40TVCOM'да бугунги тақвим: Суперлигага ўтиш ўйини, “Челси” сафарда ва бошқалар  1 12:38"Рома" Дибаланинг жамоадаги келажаги бўйича қарор қабул қилди  0 12:10Санжар Қувватов собиқ жамоасига қайтди  9 11:43Водий клублари Ўзбекистон МТЖ аъзосига даъвогарлик қилмоқда  5

"Bobir Abdixoliqovda etarlicha variantlar bor va bo'ladi" - "Andijon" sobiq azosi va Belarus chempioni Yangiliklar

"Bobir Abdixoliqovda etarlicha variantlar bor va bo'ladi" - "Andijon" sobiq azosi va Belarus chempioni

Bu yil nafaqat ichki chempionatda to'p tepayotgan futbolchilar, balki xorijdagi ayrim legionerlarimiz uchun ham muvaffaqiyatli o'tdi.

Belarus chempionati vakili "Energetik-BGU" safida to'p tepgan Bobir Abdixoliqov o'z jamoasining va chempionatning eng yaxshilaridan bo'ldi. Tabiiyki, endilikda Boburga yanada qiziqarli chorlovlar kelib tushadi. Biz bilan suhbatda bo'lgan "SHaxtyor-Soligorsk" jamoasi futbolchisi Pavel Zabelin hamyurtimiz va sobiq klubi "Andijon"ning Superligaga qaytishiga munosabatini bildirdi. 

Malumot uchun, soligorskliklar joriy mavsum Belarus chempionatida oltin medallarga ega chiqdi. Pavel Zabelin dastlab chempionlik taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.  

— CHempionlikdan keyin kayfiyat qanday bo'lishi mumkin? Ajoyib. Bu faoliyatimdagi ilk oltin medal hisoblanadi. SHunday ekan, bundan xursandman. 

Suhbatdoshimizdan o'z-o'zidan Bobir Abdixoliqov haqida so'radik. Axir busiz iloji yo'q. Pavel Zabelin uning natijalari, ko'rsatgan o'yinlari haqida: 

— "Energetik-BGU" ushbu mavsumda ajoyib o'yinlar ko'rsatdi. Natijalar ham buni aytib turibdi. Muvaffaqiyatlarning asosiy qismi Bobir Abdixoliqov bilan bog'liqdir. CHunki ko'p o'yinlarda u jamoaga yakka o'zi g'alaba keltirdi. 

Bobir "Energetik-BGU" jamoasida porlagan yagona o'zbekistonlik futbolchi emas. Ikki yil oldin bu klubda yana bir hamyurtimiz Jasur Yaxshiboev o'zining gollari bilan nom qozongandi. Pavel bu ikki hujumchini taqqosladi. 

— Nazarimda, ular butunlay boshqa-boshqa hujumchilar. Yaxshiboev birga-bir vaziyatlarda yaxshi harakat qiladi. Bobir esa o'z vaziyatini kutadi va gol uradi. SHuning hisobiga bo'lsa kerak, o'yin davomida uncha sezilmasligi mumkin. 

Yaxshiboev keyingi faoliyati davomida "SHaxtyor -Soligorsk", "Legiya", "SHerif" jamoalarida to'p tepdi. Biroq bu jamoalardagi o'yinlari yorqin chiqqani yo'q. Suhbatdoshimiz mazkur fikrimizga qo'shilgan holda Bobur Abdixoliqovning kelajagi borasida nimalar dedi? 

— U katta salohiyatga ega. Faoliyatini davom ettirishi uchun etarlicha variantlar bor va bo'ladi ham. Ammo keyinchalik boshqa jamoalarda o'zini qanday ko'rsatishi katta savol. Yaxshiboev ham Belarus chempionatida ko'p gol urdi. Menimcha, keyin o'zini ko'rsatgani yo'q. To'g'ri, "Real Madrid"ga gol urdi. SHunda ham "SHerif"da uzoq qolmadi. Endi esa yozda O'zbekistonga qaytdi. O'zbekistonda kuchli futbolchilar bor. Lekin yanada rivojlanishiga nimadir to'sqinlik qilmoqda. 

Pavel Zabelin 2021 yilning ikkinchi davrasida "Andijon"da to'p tepgan. Muxlislar uni yoddan chiqarmagani tabiiy. Ayniqsa, Toshkentda kechgan "Lokomotiv" bilan uchrashuvda 90+4 daqiqada urgan goli jamoasini mag'lubiyatdan qutqarib qolgani ko'pchilikning yodida bo'lsa kerak. Bundan tashqari, u"Turon"ga qarshi kechgan debyut o'yinida ham gol urib, jamoasi bir ochkoga ega chiqishiga hissa qo'shgandi. Pavel Zabelin "Andijon"ning Superligaga qaytgani va elitada nechanchi o'rinni egallashiga quyidagicha munosabat bildirdi:

—  Andijonlik futbol ishqibozlarini bunday yutuq bilan tabriklayman. Ular bunga munosib edilar. Umid qilamanki, jamoa Superligada munosib qatnashadi. Qanday o'rinni egallashi haqida hozir gapirish qiyin. Murabbiy o'zgarayotgani haqida eshitdim. Kim keladi, kim ketadi, buni bilmayman. Har qanday holatda ham birinchi maqsad elitada o'z o'rnini saqlab qolish bo'ladi. Bu esa yaxshi natija sifatida qabul qilinishi mumkin. Qolganini esa vaqt ko'rsatadi. 

Belarus chempioni ayni paytda davom etayotgan Jahon chempionati uchrashuvlari va Ispaniyaning mag'lubiyatiga to'xtalib o'tdi. 

— Mazkur uchrashuvda Ispaniya g'olib chiqishini istagandim. Ammo futbolda oldindan biror narsa deb bo'lmaydi. Bunday sensaciyalar bo'lishi yaxshi. Umuman olganda, mundialda Argentinani qo'llab-quvvatlayapman. Ularga g'alaba qozonishlarini tilab qolaman.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика