Baxtiyor Ashurmatov - "Turon" bosh murabbiyi!
09 okt 2022 18:29
Yangiliklar
Baxtiyor Ashurmatov - "Turon" bosh murabbiyi!
Klub rahbariyati ishtirokida tashkil etilgan yig'ilishda yaqin o'tmishning yorqin futbolchisi, taniqli mutaxassis Baxtiyor Ashurmatov jamoa bosh murabbiyi sifatida tanishtirildi. Bugunga qadar klubimiz bosh murabbiyi lavozimida ishlab kelgan istedodli mutaxassis Anvar Berdiev murabbiylar shtabida Baxtiyor Ashurmatovga yaqindan yordam beradi.
Ashurmatov bugunga qadar AGMK, "Guliston" va "Surxon", "Buxoro", "Andijon", "Navbahor" va "Qo'qon-1912" klublarida faoliyat olib borgan. SHuningdek, murabbiylik faoliyati davomida Olmaliqning AGMK klubi bilan O'zbekiston kubogi bosh sovrinini qo'lga kiritgan.
Yangi bosh murabbiyga klubimiz rahbariyati tomonidan musobaqa jadvalida yuqori o'rinlarga ega chiqqan xolda mavsum yakunida jamoani Superligaga olib chiqish vazifasi qo'yildi.
"Turon"ga xush kelibsiz Baxtiyor Azamovich! Jamoamizdagi faoliyatingizda omad va muvaffaqiyatlar yor bo'lishini tilaymiz!
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Расман: Драган Черан — "Андижон" футболчиси!
Fikrlar