So’nggi yangiliklar

19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  7 19:17АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед": Абдуқодир Ҳусанов асосий таркибда!  9 19:05Суперлига. "Бунёдкор" - "Хоразм" 1:0 (Матнли трансляция)  5 18:58Бельгия. Ўринбоев бир тайм ўйнаган баҳсда "Антверпен" ютқазди  2 18:38Эрон ва Уругвай ўртасидаги ўртоқлик ўйини бекор қилинди  7 17:22"Бёрнли" — "Ливерпуль". Таркиблар маълум  4 17:19"Манчестер Сити" сардори билан шартномани узайтиришни режалаштирмаяпти  1 16:23"Арал" — "Олимпик". Таркиблар маълум  0 15:46"Антверпен" — "Гент". Таркиблар маълум  3 15:08"Эшитдик-да!" Алексей Ларин "Андижон"га ўтишга яқин  11 14:03Канселу: "Барселона"ни яхши кўраман"  6 13:24Алонсо Пеллегрини давридан бери Ла Лигадаги дастлабки 4 ўйинда ғалаба қозонган биринчи "Реал" мураббийи  1 12:39"Ньюкасл" 60 млн еврога харид қилинган ҳужумчисини йўқотди  2 11:58"Манчестер Юнайтед" Англия терма жамоаси ярим ҳимоячисига қизиқмоқда  8 11:30"Манчестер Сити" форварди Холанд: "Жамоани ўз ортимдан эргаштиришим керак"  1

Baxtiyor Ashurmatov: "Navbahor"ning byudjeti “Neftchi” yoki “Buxoro”dek bo'lsa, 3-4 o'rinlar uchun kurashardik" Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: "Navbahor"ning byudjeti “Neftchi” yoki “Buxoro”dek bo'lsa, 3-4 o'rinlar uchun kurashardik"

“Buxoro” - “Navbahor” (0:1) uchrashuvi o'z yakuniga etganidan so'ng, matbuot anjumanida mehmonlar ustozi Baxtiyor Ashurmatov ishtirok etdi.

“Bugun ikkala jamoa ham ajoyib futbol namoish etishdi. “Buxoro”ga bugun ochko juda zarur edi, lekin bu futbol. Futbolda imkoniyatlar yaratgan emas, gol urgan jamoa g'alaba qozonadi. Umuman olganda buxorolik muxlislar natijadan ranjishlari tabiiy, lekin o'z jamoalari o'yinidan qoniqish hosil qilgan bo'lishlari kerak. Ochig'ini aytsam, bunday jamoani oliy ligani tark etish xavfi ostida turishi meni ajablantirdi. Bunaqa jamoa oliy ligada bo'lishi kerak.

“Buxoro”da ajoyib murabbiylar ishlamoqda, jamoa juda yaxshi harakat qilmoqda, afsus-ki, jamoa faqat va faqat birinchi davrada juda ko'p ochkolarni yo'qotgani hisobida bugun shu ahvolda turibdi.  Buxoroday shaharda oliy liga vakili bo'lmasa, bu achinarli. Buxorolik muxlislar har doim mamlakatimizda etakchilik qilishgan. Vodiy muxlislari kabi, buxoroliklar ham juda talabchan va sadoqatli ekanliklari haqida hamma yaxshi biladi. Bugun ham juda ko'p muxlis stadionga tashrif buyurdi va uchrashuvdan so'ng har ikkala jamoani olqishlar bilan kuzatib qo'yishdi, bu juda yoqimli holatdir. Nima bo'lgan taqdirda, “Buxoro” hali hech nimani yo'qotgani yo'q, hammasi o'z qo'lida. Uchta uchrashuv bor, barchasida g'alaba qozonsa 200% oliy ligada qolishi aniq.

O'yinga kelsak, bugun futbolchilarim yomon harakat qilishmadi. Bizda vaziyat qanday bo'lishidan qatiy nazar, biz oxirigacha kurashamiz. Turli OAVda muxlislar bugungi o'yinda “Navbahor” “Buxoro”ga ochko ulashib keladi degan fikrlar ham bildirildi, lekin mana bu gaplarni aytganlar ko'rib qo'yishsin, bu fikrlarning bari xatoligini”-dedi Ashurmatov.

-“Navbahor” qachon yuqori o'rinlar uchun kurashadi?

-Hammasi moliviy imkoniyatdan kelib chiqadi. Agar moliviy imkonitdan kelib chiqib turnir jadvali qilinsa, biz 13-14 o'rinda turamiz. Agar bizning byudjetimiz “Neftchi” yoki “Buxoro”dek bo'lsa, 3-4 o'rinlar uchun bemalol kurashar edik.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика