So’nggi yangiliklar

10:38Жаҳон чемпиони 31 ёшида фаолиятини якунлади  1 10:12Goal АПЛнинг барча даврлардаги энг яхши ҳужумчисини эълон қилди  4 09:45Sofascore. Алиқулов энг яхшиларидан бири бўлди  1 09:18Сентябр-октябрь ойидаги ФИФА кунларига ўзгартириш киритилди. Қарор келаси йилдан кучга киради   2 08:51Ҳусанов рамзий термадан жой олди  2 08:23Пролига. Бугун турнинг марказий учрашуви бўлиб ўтади  0 07:55"Ал Аҳли" бош мураббийи: Биринчи бўлимда яхши ўйнашимизга тўсқинлик қилган сабаблар кўп"   8 07:28Sofascore. Аламли тарзда мағлуб бўлган "Насаф" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди?  14 07:25Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" – "Насаф" 4:2  3 02:42Ҳусайн Норчаев: "Вазият қизил карточкага тортмас эди"  15 02:16Рўзиқул Бердиев: "Дарвозабонимиз олдинга чиқиши хато бўлди, лекин чиққанга яраша тўғри ўйнаши керак эди"  35 01:52Туркия. Алиқулов 90+2 дақиқада жароҳат туфайли алмаштирилди, унинг жамоаси ғалабага эришди  1 01:40Элит ОЧЛ. "Ал Аҳли" суперкамбэк эвазига ўз майдонида "Насаф"ни мағлуб этди  421 00:57"Реал" футболчилари ҳакамлар уларга бошқа етакчиларга нисбатан қаттиққўлроқ муносабатда бўлишаяти, деб ҳисоблашмоқда  9 00:05Куанишбай Оразимбетов: "Иккинчи таймда умуман бошқа "Жайхун"ни кўрдик"  0

Baxtiyor Ashurmatov: "Lutfulla To'raev Malayziya jamoasiga o'tishi kerak edi" Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: "Lutfulla To'raev Malayziya jamoasiga o'tishi kerak edi"

O'zbekiston Superligasi 15-turi doirasida "Lokomotiv" - AGMK (2:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mehmonlar ustozi Baxtiyor Ashurmatov qatnashdi.

- Natijadan xafamiz. Har bir o'yinda biz maksimal darajada ochkolarni qo'lga kiritishni istaymiz. Qanday raqib bilan bo'lsa ham ochko jamg'arishimiz kerak. O'yinga keladigan bo'lsak, butun uchrashuv davomida "Lokomotiv"ning ustunligi sezilib turdi. Agarda omad biroz biz tomonda bo'lganida durangga ega chiqar edik. Gol urganimizdan keyin tezkor javob qabul qilib olganimiz bizga ruhiy tomondan yomon tasir qildi.

Rahbariyat tomonidan oldimizga kuchli oltilikka kirish vazifasi qo'yilgan. Buni hech kim o'zgartirgani yo'q. Bu uchun maksimal darajada harakat qilishimiz kerak. Futbolda maqsadsiz o'ynashning qizig'i yo'q. AGMK oldindan chiroyli o'yin ko'rsatib, yuqori maqsadlar qo'yadigan jamoa. SHu boisdan kuchli oltilikka kirishimiz darkor.

Transferlar? Baribir mavsum yoki davralar oralig'ida har bir jamoada o'zgarishlar bo'ladi. Bizda ham shunday. Jamoada raqobatni kuchaytirishimiz kerak. Lekin biz o'zimiz istagan futbolchini tarkibga qo'shib olishimiz qiyin bo'ladi. CHunki futbolchilarda o'z klublari bilan shartnomalari bor. Ikkinchi davrada raqobatbardosh jamoa tuzishga intilamiz.

O'zim himoyachi bo'lganman. Muxlislarga jangavor futbol yoqadi. Standartlarga ham etibor beramiz. Jangavor o'yin ko'rsatmasak, muxlislarni stadionlarga qaytarish qiyinchilik tug'diradi. Yigitlarga uchrashuvdan oldin aytib o'tgandim: butun o'yin davomida himoyalanib bo'lmaydi, to'pga egalik qilish kerak. Biroq barchasi biz o'ylagandek ko'rinish olmadi. "Lokomotiv" to'p bilan ko'proq bo'ldi. SHu boisdan to'psiz jamoa anchagina qiynaldi.

Moliyaviy tomondan imkoniyatlarimiz yaxshi, barchasi joyida. Kamchiliklar yo'q, shu boisdan rahbariyatga rahmat aytaman. Endi biz shunday etiborga munosib ravishda natijalar bilan javob berishimiz kerak.

Qaydnomaga kam o'yinchi kirishining sababi - futbolchilarning kamligi. Bir necha futbolchilarimiz jamoadan ketgan, jarohat olgan, diskvalifikaciyada.

To'rt kun davomida yigitlar dam olishadi. Keyinchalik 19 iyunda Belorusga uchib ketamiz. U erda 3ta o'rtoqlik o'yinida qatnashamiz.

Lutfulla To'raev Malayziya jamoasiga o'tishi kerak edi. Biroq u jamoada qoldi. Endi u biz bilan ikkinchi davrani ham o'tkazadi.

Fursatdan foydalanib, muxlislarga rahmat aytaman. Endi jamoani kuchaytirib, ularning qo'llab-quvvatlashiga mos o'yin ko'rsatamiz.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика