So’nggi yangiliklar

20:23Шавкат Юсупов: "Махаррам Абелфазов етакчилик қобилиятини кўрсата оляпти"  0 20:10Суперлига. "Бунёдкор" – "Насаф" (матнли трансляция)  41 20:08Махсуджон Зокиров: "Бугунги ўйинда хатолар кўп бўлди"  0 19:48АПЛ. "Тоттенхэм" меҳмонда "Лидс" устидан ғалабага эришди  3 19:15Эшитдик-да! ЎФА МТЖ мураббийи билан шартномани бекор қилди  9 18:58Суперлига. Кубок финалидан олдинги репетицияда "Пахтакор" "Бухоро"ни меҳмонда йирик ҳисобда енгди  30 18:53Суперлига. "Динамо" Термизда ишончли ғалабага эришди  11 18:41"Бунёдкор" — "Насаф" ўйини эфирга узатилмайди?!  33 18:26"Ордабаси" — "Тобол". Қозоғистон кубоги ўйини учун таркиблар маълум  0 17:57"Арсенал" ва "Манчестер Юнайтед" жамоалари иштирокидаги ўйинлар учун таркиблар маълум  6 17:50Про лига. "ФарДУ" ва "Олимпик MobiUz" ўртасидаги ўйинда 5 та гол урилди  2 16:50"Барселона" "Бавария" ҳимоячисини нишонга олди  3 15:58МЮ "Сандерленд"га мағлуб бўлса, Аморимни истеъфога чиқариши мумкин  7 14:55Миржалол Қосимов: "Тўйдан олдин ноғора чалиб бўлмайди. Ҳаммаси Лёвдан бошланди"  23 14:26Бугун Ўзбекистон Пролигасида 4-давра ўйинлари старт олади  1

Baxtiyor Ashurmatov: Himoyadagi xatolar qimmatga tushdi Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: Himoyadagi xatolar qimmatga tushdi

Oliy liga to'qqizinchi tur doirasida o'tkazilgan Qizilqum - Andijon jamoalari (2:1) bahsi yakunlangach, mehmonlar bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.
-Qizilqum jamoasini bugungi g'alaba bilan tabriklayman, - deya so'z boshladi Baxtiyor Ashurmatov. - Uchrashuvni yomon boshlamagandik. Afsuski, himoyadagi qo'pol xatolar bizga juda qimmatga tushdi. Raqibimizning stantdart vaziyatlarda xavfli o'ynashi xususida yigitlarimizni avvaldan ogohlantirgandim. Aynan navoiyliklar ana shunday vaziyatda hisobni tenglashtirishdi.

CHempionatda jamoamiz asta-sekin o'z o'yinini topib boryapti. Uydagi o'yinlarni hisobga olmaganda safarda hozircha birorta ochkoni qo'lga kirtmadik. Bugun Navoiyga ham faqat g'alaba uchun kelgan edik. SHu bois, raqib maydonida ham ikki hujumchi bilan o'ynashga qaror qildik. Balki himoyaviy futbol namoyish qilganimizda maqsadimizga erisharmidik, deb o'ylayman.

Muxlislar deyarli teng kuchli ikki jamoa uchrashuviga guvoh bo'lishdi. Yaratilgan vaziyatlardan unumli foydalanganimizda uyga hech bo'lmasa bir ochko bilan ham qaytishimiz mumkin edi. O'yin nihoyatda asabiy ruhda kechdi. Qizilqum oxirgi ikki o'yinda mag'lubiyatga uchragan, biz esa mehmonda ochko ololmayotgan edik. Ular g'alabani saqlab qolish, yigitlarimiz esa ijobiy natija uchun kurashish yo'lida hech narsadan tap tortishmadi. Natijada hakam ko'p bora cho'ntagidan sariq kartochkalar chiqarganiga guvoh bo'ldik.

Yana bir haftadan keyin O'zbekiston kubogi nimchorak final bosqichi javob uchrashuvini Andijonda aynan Qizilqumga qarshi o'tkazamiz. Navoiyliklar bilan hozirgacha o'tkazilgan ikki o'yin biz uchun etarli saboq bo'ldi, deb o'ylayman. CHunki muvaffaqiyatsizliklar jamoamiz azolariga ham, andijonlik muxlislarga ham yoqmayapti. Maqsadimiz esa chempionat va mamlakat kubogi uchrashuvlarida chiroyli o'yin namoyish etib, muxlislarni xursand qilishdir, - deydi Ashurmatov.

Qizilqum PFK Matbuot xizmati.
Reyting: -6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика