So’nggi yangiliklar

16:57Пепе Ла Лигада ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Вильярреал" форварди Ямал ва Мбаппени ортда қолдирди  0 16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  0 15:43"Арсенал" — "Ноттингем Форест". Таркиблар маълум  4 15:19ЎзЭл Классикосига превью  10 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  4 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  1 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  2 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  1 11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  6 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  14 10:35Артета: "Ливерпуль" кучайиб кетди"  6 10:09Шухрат Раҳмонқулов: "Пахтакор" – "Нефтчи" ўйинида биринчи гол урган ғалаба қозонади"  2 09:46Постекоглу: "Тоттенхэм"дан кетишим кутилмаган ҳолат бўлмади"  2

Baxtiyor Ashurmatov: "Bugungi g'alaba bilan muxlislarimizni tabriklayman" Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: "Bugungi g'alaba bilan muxlislarimizni tabriklayman"

"Navbahor" - "So'g'diyona" (4:2) uchrashuvidan so'ng bo'lib o'tgan matbuot anjumanining birinchi qismida maydon egalari bosh murabbiyi Baxtiyor Ashurmatov o'z fikrlarini bildirdi.
"O'yin qiyin bo'lishi malum edi, sababi "So'g'diyona" so'nggi o'yinlarda ko'p ochko yo'qotgandi. SHu sababli ham bor kuchlari bilan o'ynashlari aniq edi. Futbol faqat hujumlardan iborat emas, 90 daqiqa hujum qilish mumkin emas. SHu bois muxlislarimizdan bizni to'g'ri tushunishlarini so'rayman. "So'g'diyona"dagi vaziyatni juda yaxshi bilaman, Fayziev bilan gaplashib turamiz", - deb gap boshladi Ashurmatov.

"Bugun birinchi bo'limda o'yinimiz qovushmadi. Ikkinchi bo'limda gollar urib g'alaba qozondik. Bugungi g'alaba bilan rahbariyatni, futbolchilarni va muxlislarni tabriklayman".

"Mansur Saidovni o'rniga hujumchi tushurdim, sababi bizga gol kerak edi. Ikki hujumchi taktikasi bilan o'ynay boshladik va gollar urdik".

"Ikkita gol o'tkazib yubordikmi, demak xatolar bo'ldi. Futbol xatosiz bo'lmaydi. Darvozabon va himoyachilarga tanbeh berish emas ularni qo'llash kerak".

"SHaxboz Erkinov har bir o'yinda vaziyatlar bo'layotgandi, faqat gol ura olmayotgandi. Bugun nihoyat o'zining imkoniyatlaridan unumli foydalandi. Ushbu holat unga ijobiy tasir qilishi mumkin. Muxlislardan uni keyingi o'yinlarda ham qo'llab turishlarini so'rayman", - deydi Baxtiyor Ashurmatov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика