So’nggi yangiliklar

02:10ЕЧЛ. "Атлетико" яна бешта гол урди, "Бавария" ва "Интер"да йирик ғалаба (барча натижалар)  4 01:21Хаби Алонсо: "Қайрат" Чемпионлар Лигасида ўйнашга муносиб жамоа"  2 00:34ЎФА терма жамоалар бўлими собиқ раҳбари: "Қозоғистон билан ўртоқлик учрашуви бўйича музокаралар олиб борилган эди, аммо..."  2 23:58Иван Бошкович: "Битта чиройли зарба ўйин тақдирини ҳал қилди"  3 23:37ЕЧЛ. "Қайрат" ўз майдонида "Реал"га йирик ҳисобда ютқазди, Мбаппедан хет-трик!  102 23:27Виталий Левченко: "Сафарда муҳим ғалабани қўлга киритдик"  5 23:13Отабек Нарзуллаев: "Ҳимоямизни анча яхшилаб олдик"  1 23:08ЕЧЛ. "Интер", "Ливерпуль", "Челси" ва бошқа жамоаларнинг асосий таркиблари маълум!  2 22:55Футзал. 2-тур 3-кунида "Насаф", СҚБ ва "Oil-Star"да ғалабалар  1 22:43Александр Хомяков: "Бизга тетиклик етишмади"  8 22:39Суперлига. "Сўғдиёна" – "Нефтчи" 0:1   3 22:23Луис Энрике "Барселона"ни мақтади  1 21:41Клопп эмас: "Ал Иттиҳод" бош мураббийлиги учун асосий номзодлар маълум қилинди  0 21:14"Бунёдкор" мураббийлари тақдирланди  0 21:00Суперлига. "Нефтчи" меҳмонда "Сўғдиёна"дан устун келди  40

Baxtiyor Ashurmatov: "Andijon"ni autsayder jamoa deb atashlariga chek qo'ymoqchimiz" Yangiliklar

Baxtiyor Ashurmatov: "Andijon"ni autsayder jamoa deb atashlariga chek qo'ymoqchimiz"

Xabaringiz bor, kuni kecha Baxtiyor Ashurmatov "Andijon" klubiga yangi bosh murabbiy etib tayinlandi.

Biz kecha jamoaning mashg'ulotini kuzatib bordik va Ashurmatovga o'zimizni qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildik.

- "Andijon" varianti qanday paydo bo'ldi?
- Men jamoa vice-prezidenti Maruf Abdusalomov tomonidan taklif bo'ldi va "Andijon"ga keldim. Viloyat hokimi bilan uchrashuvdan so'ng bosh murabbiy bo'lishga rozilik berdim. So'nggi yillarda "Andijon" autsayderlar orasiga tushib qoldi bunga chek qo'yish fursati keldi. Rahbariyat va mening maqsadim yaxshi jamoa shakllantirsh va muxlislarga yoqadigan o'yin ko'rsatish orqali ijobiy natijalarga erishish. 



- Yangi mavsum boshlanishiga bir oy vaqt qoldi. Barchasiga ulgurasizmi?
- to'g'ri oliy liga boshlanishiga deyarli bir oy vaqt qoldi. Boshqa jamoalar dekabr oyida qilgan ishni biz fevral oyida qilishga majburmiz. Yangi futbolchilarni ko'rikdan o'tkazish, o'yinchilarni jismoniy holatini tiklash, jamoani shakllantirish va o'yinlar o'tkazish... Mana shularning barchasini qisqa vaqt ichida qilishimiz shart. Sababi mavsum boshlanganda vaqt kam edi, ulgurmadik kabi bahonalar o'tmaydi. Andijonlik muxlislar juda talabchan. SHu bois har bir daqiqadan unumli foydalanishga harakat qilamiz.  

- "Qizilqum"da ish boshlagan edingiz...
- dastlab "Qizilqum"da asosan klubning Toshkentdagi ishlarini qilmoqchi edim. Bo'sh vaqtimda chet el klubida tajribamni oshirmoqchi edim. Hakim Aktamov meni murabbiylar shtabida ko'rishni istayotganini malum qildi. Navoiy uyimga uzoqlik qildi, bu orada "Andijon"dan taklif tushdi. SHu bois Hamid G'ulomovich meni to'g'ri tushundi va hech qanday xafagarchiliksiz xayrlashdik. Ular menga yangi ish joyida omad tilashdi. 



- Murabbiylar shtabida kimlar ishlashadi?
- Menga SHuhrat maqsudov, Zohid Nurmatov va Kamol Jo'nashev kabi murabbiylar yordam berib borishadi.

- Jamoaga qaysi futbolchilarni taklif etmoqchisiz?
- Ayni paytda deyarli barcha yuqori saviyadagi futbolchilar klublar bilan shartnoma tuzib bo'lishgan yoki kelishuvga erishib bo'lishgan. SHu bois yaxshi futbolchini topish juda qiyin kechadi. Aytganimdek vaqt oz qoldi. Hozircha bir qator nomzodlar bor, biroq ular bilan kelishuvga erisha olganimizdan so'ng malumot berganim maqul. Hozircha yangilardan Bobur Akbarov yangi mavsumni "Andijon"da o'tkazishi aniq bo'lib ulgurdi. 


Narzulla Saydullaev suhbatlashdi

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика