"Bavariya"ga Germaniya termasi qahramoni kerak
30 noy 2022 10:20
Yangiliklar
"Bavariya" rahbariyati Bremenning "Verder" klubi va Germaniya terma jamoasi hujumchisi Niklas Fyullkrugni sotib olish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda.
29 yoshli futbolchi joriy mavsum Bundesligada yorqin o'yin ko'rsatmoqda. Forvard "Verder" tarkibida allaqachon 10 ta gol urishga ulgurdi.
Fyullkrug bir necha kun oldin Jahon chempionatida Ispaniyaga qarshi o'yindagi goli evaziga butun futbol olamiga tanildi.
"Sportbuzzer" portalining yozishicha, hujumchiga "Bavariya" jiddiy qiziqish bildirmoqda. OAVga ko'ra, uning transfer narxi ham u qadar qimmat emas.
Qayd etilishicha, "Verder" og'ir moliyaviy ahvolda. Klub futbolchini hatto 10 million evrodan kamiga sotishga ham rozi bo'ladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Элит ОЧЛ. "Насаф" сўнгги дақиқаларда тўп ўтказиб, ўз майдонида "Ал Ваҳда"га ютқазди
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Элит ОЧЛ. Рўзиқул Бердиев: "Кучимиз борича рақибга қаршилик кўрсатдик"
Суперлига. Шиддатли кечган Пойтахт дербисида "Пахтакор" "Бунёдкор"ни мағлуб этди
Fikrlar