So’nggi yangiliklar

00:03Гвардиола Ҳусановнинг ўйини ҳақида фикр билдирди  1 23:45АПЛ. "Манчестер Сити" – "Манчестер Юнайтед" 3:0  1 23:33Маттиас Яйссле: "Насаф"нинг кучли томонларини яхши биламиз, аммо ғалаба учун ўз устунлигимизга эътибор қаратамиз"  1 23:01"Барселона" — "Валенсия". Таркиблар маълум  9 22:50"Милан" — "Болонья". Таркиблар маълум  1 22:42Лига 1. ПСЖ "Ланс"ни қийинчиликсиз таслим этди  1 22:25АПЛ. Ҳусанов тўлиқ ўйнаган Манчестер дербисида "Сити" "Юнайтед"ни йирик ҳисобда енгди  85 22:13ОПЛ. "Нефтчи" ва "Сабаҳ" ўзаро дуранг ўйнади, Раҳмоналиев иккинчи тайм бошида майдонга тушди  0 21:21Рўзиқул Бердиев: "Олдин ҳам "Ал Аҳли" сингари катта салоҳиятга эга жамоаларга қарши ўйнаганмиз"  14 21:10Илёс Зейтуллаев: "Янги стадионда тўп тепиш ўзгача ҳиссиётларни берди"  1 20:46Ҳаким Фузайлов: "Яна эски касалимиз қўзғади"  5 20:02АПЛ. "Ливерпуль" 90+5 дақиқада пенальтидан урилган гол эвазига "Бёрнли"ни мағлуб этди  16 20:00Про Лига. "Арал" "Олимпик"га имконият қолдирмади  0 19:55Абдухолиқовнинг пеналтидан киритган голи "Бунёдкор"га ғалаба тақдим этди  8 19:28А Серия. "Рома" Римда "Торино"га мағлуб бўлди  9

"Bavariya" yangi mavsumga tayyorgarlikni boshladi FOTO Yangiliklar

"Bavariya" yangi mavsumga tayyorgarlikni boshladi FOTO

Teglar :  BavariyaNiko Kovach
Myunxenning "Bavariya" jamoasi bugundan etiboran yangi 2018/19 yilgi mavsumga taraddudni boshlamoqda.

Dastavval jamoani xorvatiyalik yangi bosh murabbiy Niko Kovach qabul qilib oldi va uning ishtirokida matbuot anjumani o'tkazildi. Niko Kovach "Bavariya" ustozi sifatida ilk bor matbuot anjumanida qatnashdi.


SHuningdek, matbuot anjumanida "Bavariya" sport direktori Xasan Salixamidjich ham ishtirok etdi.


SHuni qayd etib o'tish kerakki, "Bavariya"ga o'tgan mavsumni "Xoffenxaym"da ijarada o'tkazgan hujumkor vinger  Serj Gnabri ham qaytdi.  Gnabri ishtirokida ham bugun Myunxenda matbuot anjumani tashkil etildi.


Niko Kovach matbuot anjumanidan so'ng jamoa ixtiyorida bo'lib turgan futbolchilar bilan mashg'ulotlarga kirishdi. Dastlabki mashg'ulotlarda yoshlar jamoasidagi futbolchilar bilan bir qatorda asosiy tarkib azolaridan Frank Riberi, Aren Robben, Rafinya va ijaradan "Bavariya"ga qaytgan Renatu Sanshesh ishtirok etadi.

Serj Gnabri esa o'tgan mavsum oxirida olgan jarohati tufayli ilk mashg'ulotlarni o'tkazib yuboradi. SHuningdek, David Alaba ham qo'shimcha tatil kunlari tufayli jamoaga sal kechroq qo'shiladi.
Terma jamoalari bilan Jahon chempionatida ishtirok etgan futbolchilar esa yig'inga malum tanaffusdan so'ng qo'shilishadi.

Arturo Vidal va Serj Gnabri dastlab individual dastur bo'yicha shug'ullanib turishadi.

"Bavariya"ning Myunxendagi qarorgohi - Zebenershtrasseda qurilish ishlarini olib borayotgani tufayli jamoaning mashg'ulotlari 1-avgustga qadar OAV vakillari uchun "yopiq" holda o'tkaziladi.


Niko Kovach jamoa murabbiylar shtabiga avval "Bavariya"da Yupp Xaynkes yordamchisi sifatida ishlab kelgan Peter Xermannni qaytardi. Tajribali mutaxassis Peter Xermann Niko Kovachga yordamchi murabbiy sifatida ko'maklashadi.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика