So’nggi yangiliklar

18:00Ўзбекистон Кубоги. "Пахтакор" - "Динамо" (онлайн ҳисоб)  5 17:45"Ливерпуль" етакчиси Роналду ва Мессини солиштирди  1 17:23Ўзбек футболида янги тажриба: "Пахтакор" – "Динамо" баҳсида ҳакам қарори бутун стадион бўйлаб эълон қилинади  6 17:16Ўзбекистон Кубоги. "Бухоро" – "Сўғдиёна". Таркиблар маълум   1 16:46Александр Хомяков Қосимов, Бердиев, Агамурадов, Арвеладзе қаторидан жой олиши мумкин  0 16:26"Сўғдиёна" учинчи бор финал остонасида  1 16:08Расман: "Навбаҳор" Сергей Лушчанни истеъфога чиқарди  8 16:02Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Венгрия устидан ғалабага эришди  2 15:38"Бухоро"да бешинчиси беш бўладими?  6 15:12"Манчестер Сити" ПСЖ футболчиси учун 120 млн евро тайёрламоқда  0 14:39"Реал" Эдегорни ортга қайтармоқчи  10 14:10Футзал. Олий лига 2-тур учрашувларига Андижон мезбонлик қилади  1 13:43Манба: Отабек Шукуров фаолиятини қаерда давом эттириши маълум  1 13:16Испаниялик мураббий: "Ўзбекистон Кубоги финалига "Пахтакор" ва "Бухоро" чиқади"  9 12:49​"Ливерпуль" афсонасининг ўғиллари "Сити"да дебют қилди  1

"Bavariya" Levandovski uchun qo'shimcha pul oladi Yangiliklar

"Bavariya" Levandovski uchun qo'shimcha pul oladi

OAV tafsilotlarni oshkor qildi.

Robert Levandovski "Barselona"ga o'tgandan so'ng o'zining formasi bilan hayratda qoldirmoqda. "Mundo Deportivo" nashrining xabar berishicha, polshalikning ajoyib o'yini Kataloniya klubining xarajatlariga tasir qildi.

O'tgan yozda Levandovski yuqori darajadagi o'tish qahramoniga aylandi. Uzoq davom etgan muzokaralardan so'ng "Barselona" "Bavariya" futbolchisi uchun 45 million evro + 5 million evro to'lashga rozi bo'ldi.

Ikkala klub ham bonus tafsilotlarini rasman elon qilmagan. Biroq Kataloniya matbuoti ular Levandovskining yutuqlariga bog'liqligini yozmoqda.

Polshalik hujumchi kamida 25 ta gol urgan har bir mavsum uchun "Barselona" "Bavariya"ga 1,25 million evro to'laydi. Bu shart 2026 yilgacha amal qiladi.

"Mundo Deportivo"ning qayd etishicha, "Bavariya" tez orada birinchi bonus to'lovini olishi kerak. Levandovski joriy mavsum "Barselona" safida 23 ta gol urishga ulgurdi. Yana ikkita goldan so'ng kataloniyaliklar "Bavariya"ga 1,25 million evro o'tkazishlari kerak bo'ladi.

Levandovski 23 ta goldan 14 tasini Ispaniya chempionatida urgan. 34 yoshli futbolchi to'p kiritish bo'yicha La Ligada peshqadam bo'lib, Xoseludan 3 ta gol oldinga o'tib ketgan.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика