"Bavariya" himoyachi izlamoqda
07 dek 2023 10:55
Yangiliklar
"Bavariya" yanvar oyida yangi himoyachini sotib olishga harakat qiladi, deb xabar berdi "Bild". Bunga Matteys de Ligtning jarohati, shuningdek, Kim Min Jening bir oydan keyin Osiyo Kubogiga borishi sabab bo'lmoqda.
Myunxenliklar allaqachon transfer maqsadlari ro'yxatini tuzib bo'lishgan. "Rekordmaystr"ning qiziqishlari orasida Jorjo Skalvini ("Atalanta"), Arnau Martines ("Jirona"), Kleman Langle ("Barselona"/"Aston Villa") bor.
Germaniya chempionlari qanday kelishuvga umid qilayotgani hozircha nomalum - to'liq shartnomami yoki ijarami. Klub hali bu borada bir qarorga kelmagan.
Avvalroq "Bavariya" "Granada" vingeri bilan shartnoma imzolagani haqida xabar berilgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
10 ўйинда 12 гол: Роналду яққол тўпурар
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar